Salomatlik Ayollar uchun Suyaklar mustahkam bo‘lsin desangiz: Artrit xavfini kamaytirish uchun qanday mahsulotlardan tiyilish kerak?

Suyaklar mustahkam bo‘lsin desangiz: Artrit xavfini kamaytirish uchun qanday mahsulotlardan tiyilish kerak?

O'qildi: 238


Suyaklar mustahkam bo‘lsin desangiz: Artrit xavfini kamaytirish uchun qanday mahsulotlardan tiyilish kerak?

Bo‘g‘inlar yallig‘lanishi bilan namoyon bo‘ladigan artritdan statistika ma’lumotlariga qaraganda, 42—47 foiz turli yoshdagi insonlar aziyat chekadi. Uning kelib chiqishiga turli omillar, xususan, iste’mol mahsulotlari ham sabab bo‘lishi mumkin. Ayrim mahsulotlarni tanovul qilish organizmdagi yallig‘lanish jarayonini keltirib chiqarishi bu esa salomatlikka salbiy ta’sir qilishi mumkin.

Foto: Harper’s Bazaar

Qo‘shimcha shakar

Shakar deyarli barcha mahsulotlarda turli miqdorda mujassam bo‘lgani sabab ham mutaxassislar hech bo‘lmaganda qo‘shimcha shakardan voz kechishni tavsiya qiladi. Shakar organizmda yallig‘lanish kasalliklarini keltirib chiqaradi va ichaklar salomatligiga yomon ta’sir qilib, qarish jarayonini tezlashtiradi.

Qizil go‘sht

Ko‘plab tadqiqotlarda qizil go‘shtni iste’mol qilish va artrit kelib chiqishiga olib keladigan yallig‘lanish jarayoni o‘rtasida bog‘liqlik borligi aniqlangan. Shu bois ham mutaxassislar uning o‘rniga tovuq yoki baliq go‘shtini iste’mol qilishni tavsiya qiladi. Yog‘li baliq nafaqat oqsil va minerallar, balki yallig‘lanishga qarshi xususiyatga ega bo‘lgan foydali omega-3 yog‘larini ham o‘z ichiga oladi.

Tarkibida glyuten bo‘lgan mahsulotlar

Glyuten — bug‘doy, javdar va arpa tarkibida bo‘ladigan o‘simlik oqsili hisoblanadi. Oshqozon-ichak traktiga yomon ta’sir qiladi va ortiqcha vazn to‘plash hamda depressiyaga sabab bo‘ladi. O‘tkazilganiga ko‘p bo‘lmagan tadqiqotda, glyuten iste’mol qilish va organizmda yallig‘lanish, xususan, artritning rivojlanishiga olib kelishi aniqlangan.

Spirtli ichimlik

Alkogolli ichimliklarda shakar haddan ortiq miqdorda ko‘p, qolaversa, spirt organizmda yallig‘lanishning avj olishini tezlashtirish xususiyatiga ega bo‘ladi. Spirtli ichimliklarni muntazam iste’mol qilish artrit, shuningdek, vazn to‘plash va tez qarishga olib keladi.

Tuzli va sho‘r taomlar

Tadqiqotchilar tuzni keragidan ortiq iste’mol qilish, artritni rivojlantirishini ma’lum qilgan. Gap shundaki, tuz yallig‘lanishni keltirib chiqarib, suyak va bo‘g‘inlar salomatligiga putur yetkazadi. Shu sabab ham ovqatga tuzni me’yorida qo‘shish, fastfudlardan esa umuman voz kechib, tuz o‘rniga organizmga zarar yetkazmaydigan alternativlardan foydalanish tavsiya qilinadi.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.