Salomatlik Ayollar uchun Ortiqcha pul sarflashga hojat yo‘q: Supermodellardan jilokor sochlar uchun 5 tavsiya

Ortiqcha pul sarflashga hojat yo‘q: Supermodellardan jilokor sochlar uchun 5 tavsiya

O'qildi: 342


Ortiqcha pul sarflashga hojat yo‘q: Supermodellardan jilokor sochlar uchun 5 tavsiya

Moda olamida o‘z o‘rniga ega, go‘zal modellar sochlar qalin va sog‘lom bo‘lishi uchun nimalar qilishi haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Jizel Byundxen

Foto: “Domashniy Ochag”

Jizel istalgan vaqtda sochlariga namlantiruvchi niqob qilishni yaxshi ko‘radi. Dam olish kunlari esa niqob surtilgan sochlarini tepadan yig‘ib olib soatlab yurishi mumkin. U sochlarni, ayniqsa samolyotdagi parvoz vaqti himoya qilish kerakligini ta’kidlaydi. Gap shundaki, teri uchun havo 60 foiz nam bo‘lishi kerak, ammo samolyot bortida namlik 20 foizni tashkil etadi. Aynan shu sabab ham parvoz oldidan Byundxen sochlariga niqob surtib, ustidan ipak matosidan tikilgan ro‘mol o‘rab oladi.

Irina Sheyk

Foto: “Domashniy Ochag”

Suratlarda sochlari jilokor ko‘rinadigan Sheyk nomiga quritilgan nam sochlariga istalgan niqob surtib, ustidan folga qog‘oz bilan o‘rab qo‘yadi. Model sohil yoki ko‘chada bunday ko‘rinish berishdan cho‘chimaydi. Issiqlik ta’sirida folga yanada yaxshiroq qizib, foydali vositalarni yaxshiroq singishiga yordam beradi.

Jiji Hadid

Foto: “Domashniy Ochag”

Model trend qanday bo‘lishidan qat’i nazar sochlarini yiliga ikki martadan ko‘p bo‘yamaydi. Ko‘pi bilan rang beradigan, yuvib tashlanadigan spreylardan foydalanadi. Shuningdek, sochlarini parvarish qilish uchun jiddiy qoidalarga amal qiladi — siyohrang shampun, soch dazmolini past haroratda va foydali zardoblardan foydalanadi.

Marta Xant

Foto: “Domashniy Ochag”

Go‘zal va jozibali Marta ham sochlariga ortiqcha pul sarflamaydi. Tuxumning oqi, ro‘zmarinyog‘idan ikki qoshiqdan qo‘shib tayyorlanadigan oqsilga boy niqob, uning sochlarini qalin va silliq bo‘lishiga yordam beradi. Nam sochlariga surtgan niqobni yarim soatdan keyin yuvib tashlaydi.

Bella Hadid

Foto: “Domashniy Ochag”

Bella sochlar uchun ipak matosidan tikilgan yostiq jildlaridan yaxshisi yo‘qligini ta’kidlaydi. Uyqu vaqtida yostiqqa ishqalangani hisobiga soch tolalari shikastlanishi mumkin. Ipak matosidan tikilgan yostiq jildida esa bu holat unchalik kuchli kuzatilmaydi, aksincha yanada jilokor bo‘ladi.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.