Salomatlik Ayollar uchun Pul sarflashga hojat yo‘q: Uy sharoitida tayyorlash mumkin bo‘lgan 4 tozalash vositasi

Pul sarflashga hojat yo‘q: Uy sharoitida tayyorlash mumkin bo‘lgan 4 tozalash vositasi

O'qildi: 307


Pul sarflashga hojat yo‘q: Uy sharoitida tayyorlash mumkin bo‘lgan 4 tozalash vositasi

Tozalash uchun do‘kondan ortiqcha mablag‘ sarflab turli kimyoviy vositalar xarid qilish o‘rniga uy sharoitida tayyorlangan tabiiy vositalardan foydalanish tavsiya qilinadi.

Foto: “Domashniy ochag”

Changlarni yo‘qotish uchun sprey

Bunday spreyni do‘kondan sotib olish shart emas, uy sharoitida ham tayyorlasangiz bo‘ladi.

Buning uchun quyidagilar kerak bo‘ladi:

  • suv — 1 stakan;
  • sirka — 0,25 stakan;
  • zaytun yog‘i — 1 choy qoshiq;
  • efir yog‘i — 10-15 tomchi;
  • purkagich(pulverizator).
Qo‘llanma:

Barcha suyuqlik va yog‘larni purkagichli idishga solib yaxshilab silkiting. Tayyorlangan vositadan foydalanish juda ham oson. Suyuqlikdan ozginasini mebel yuzasiga purkang va quruq latta bilan arting.

Pechni tozalaydigan vosita

Pech ustidagi yog‘ va chirklarni tozalaydigan vositalar birinchidan qimmat, ikkinchidan esa salomatlikka xavf soladigan kimyoviy birikmalardan tayyorlangan bo‘ladi. Shu sabab ham uni uyda tayyorlash ayni muddao hisoblanadi.

Buning uchun quyidagilar kerak bo‘ladi:

  • nashatir spirti;
  • maxsus idish;
  • suv;
  • idish yuvishda foydalaniladigan vosita;
  • ikki tomonlama gubka;
  • qo‘lqoplar.
Qo‘llanma:

Pechni 65 darajagacha qizdiring. Bu vaqtda suv qaynating. Idishga bir stakan nashatir spirti solib, pechning tepa qismiga, qaynagan suvli idishni esa pastki qismiga qo‘ying. Pechni o‘chiring va taxminan 2-3 soatga qoldiring. Ehtiyot choralariga rioya qilishni unutmang. Pechingiz gazda ishlaydigan bo‘lsa, nashatir spirtli idishni qo‘yishdan avval pechni o‘chiring. Vaqt o‘tib idishlarni ichidan olganingizdan keyin pech eshigini 15 daqiqaga ochiq qoldiring.  Nashatirli idishga 1-2 choy qoshiq idish yuvadigan vosita va 1 litr issiq suv qo‘shing. Qo‘lqoplarni kiyib pechning ichki va tashqi tomonini mazkur aralashma bilan namlangan gubkada arting.

Gilamlarni yuvish uchun kukun

Tabiiy mahsulotlardan tayyorlanadigan vosita gilamni chang va hidlardan tozalash uchun asqatadi.

Buning uchun quyidagilar kerak bo‘ladi:

  • bura(tanakor; dorixonalarda sotiladi)— 0,5 stakan;
  • ichimlik sodasi — 0,5 stakan;
  • efir yog‘i — 30 tomchi.
Qo‘llanma:

Buraga ichimlik sodasi solib aralashtiring, unga 30 tomchi efir yog‘i qo‘shing. Yaxshilab aralashtirgandan keyin uni plastik yoki shisha konteynerga soling. Gilamni tozalash uchun kukunni sepib 15-20 daqiqaga qoldiring. Keyin esa changyutkich bilan tozalang.

Mog‘orlarga qarshi vosita

Mog‘orlarni bartaraf qilish uchun quyidagilar kerak bo‘ladi:

  • chinnigul — 1 choy qoshiq;
  • zaytun yog‘i — 1 stakan;
  • doka;
  • ip;
  • shisha banka;
  • folga;
  • metall yoki shisha idish;
  • purkagich.
Qo‘llanma:

Chinnigulni blenderda maydalang. Dokani to‘rt marta buklang va o‘rtasiga yanchilgan chinnigulni soling, chetlarini birlashtirib ip bilan bog‘lang. Shisha bankaga zaytun yog‘i, unga chinnigulli dokani soling. Bankani ustini folga qog‘oz bilan yoping. Aralashmani issiq suv solingan idishning bug‘iga tuting. Keyin dokani oling, yog‘dan esa tozalash maqsadida foydalaning. Mog‘orni ketkazish uchun aralashmani purkagich orqali seping, 20 daqiqadan keyin quruq salfetka bilan artib tashlang.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.