Salomatlik Ayollar uchun Atir uzoq turishi uchun vazelin va kosmetikadan pul tejashga yordam beradigan 15 layfxak

Atir uzoq turishi uchun vazelin va kosmetikadan pul tejashga yordam beradigan 15 layfxak

O'qildi: 351


Atir uzoq turishi uchun vazelin va kosmetikadan pul tejashga yordam beradigan 15 layfxak

Chiroyli ko‘rinishga ega bo‘lish uchun pul sarflash va qimmat kosmetik vositalarni xarid qilishga hojat yo‘q. Uyda bor narsalardan foydalanib, bir oz vaqt sarflashning o‘zi keragidan ortiq ijobiy natija beradi.

Foto: Freepik

Soch gullashiga qarshi kokos yog‘i

Kokos yog‘i soch tolalarini tiklashda samarali hisoblanadi. Tarkibida oqsil bo‘lgani sabab nafaqat soch tolalari, balki bosh terisi uchun ham foydali.

Purkagichli idish yuz uchun kosmetik vosita sifatida

Bo‘sh, purkagichi bor idish ichiga mineral yoki filtrlangan suv va bir choy qoshiq tuz qo‘shib, yuzingizni tozalovchi vosita sifatida foydalaning.

Soch toklanishini nam salfetka bilan bartaraf qiling

Soch toklanishini bartaraf qilishga oddiy nam salfetka yordam beradi. Buning uchun salfetkani soch uzunligi bo‘ylab yurgizing.

Niqob va krem o‘rniga qatiqdan foydalaning

Quyosh nuridan kuygan bo‘lsangiz, smetana yoki qatiq samara beradi, shuningdek, sochga niqob qilishda ham qatiqdan yaxshisi yo‘q. Bunday niqob turmaklanganda shikastlangan soch tolalarining tiklanishiga ham yordam beradi.

Tonik o‘rniga olma sirkasi

Oddiy olma sirkasi yuzdagi yog‘li yaltirashdan qutulishga yordam beradi. Paxtali diskka tomizib, yuzingizni yog‘li qismini arting. Shuningdek, sirkadan soch parvarishida ham foydalanish mumkin.

Makiyaj o‘chiradigan vosita o‘rniga zaytun yog‘idan foydalaning

Makiyajni o‘chirish uchun kosmetik vosita o‘rniga zaytun yog‘idan foydalanish mumkin. Agar suv va yog‘ bilan birga tozalaydigan bo‘lsangiz, yuzingiz nafaqat toza, balki baxmaldek silliq bo‘ladi.

Ko‘z ostidagi halqalarni yo‘q qilishda paketli choydan foydalaning

Choy barglari tarkibidagi kofein ko‘z ostida aks etgan shishlarni ketkazishda samara beradi. Sovuq suvga botirib olingan paketli ko‘k choyni 5-10 daqiqaga ko‘zingiz ostiga qo‘ying.

Skotch yordamida strelka chizish mumkin

Podvodka yordamida strelkani surkab yubormasdan chizishni istaganlar uchun skotch yordam bera oladi. Buning uchun skotchdan kichik bo‘lak kesib ko‘zning tashqi burchagiga yopishtiring va strelkaning tashqi uchini uning cheti bo‘ylab chizing. Faqat kipriklarga ehtiyot bo‘ling.

Tishlarni tozalash uchun sodadan foydalaning

Tish yuvish pastasiga ichimlik sodasini qo‘shib aralashma yordamida tishlaringizni tozalang. Soda choy va qahvadan sarg‘ayib qolgan tishni oqartiradi.

Suli yormasidan vanna

Tarkibida terini namlantirish xususiyatiga ega bo‘lgan yog‘lar bo‘lgani sabab suli yormasidan tayyorlangan vanna foydali hisoblanadi. Buning uchun suv to‘ldirish va unga 200-300 gramm suli yormasi qo‘shish kifoya.

Jigarrang shakardan teri uchun skrab tayyorlang

Jigarrang shakar teri uchun ideal skrab. U teri hujayralarini yangilanishiga yordam beradi. Buning uchun foydalanadigan dush geliga shakar aralashtiring va teriga massaj harakatlari bilan surting.

Atir uzoq turishi uchun vazelindan foydalaning

Atir sepishdan oldin bo‘yin yoki bilak sohasiga vazelin surting. Yog‘langan teriga sepilgan atir ifori uzoq vaqt turadi.

Tish cho‘tkasi va pastasi yordamida tirnoqdagi sarg‘ayishni ketkazing

Tish cho‘tkasi va oqartiradigan pastadan foydalanib tirnoqning sarg‘ayishini ketkazish mumkin. Gap shundaki, pasta tarkibidagi vodorod perioksidi tirnoqdagi dog‘larni ketkazish xususiyatiga ega.

Tish yuvish pastasidan kumush buyumlarni yuvishda foydalaning

Tish yuvish pastasidan, shuningdek, kumush buyumlarni tozalashda ham foydalansa bo‘ladi. Qoraygan kumush uzukni ushbu vosita bilan yuvgandan keyin ijobiy natija darhol ko‘zga tashlanadi.

Qahva va o‘simlik yog‘idan skrab

Qahvaga bir necha tomchi o‘simlik yog‘i tomizib, tanangizga surting. Qahva tarkibidagi kofein selyullitga qarshi kurashishda samara beradi, yog‘ esa terini namlantiradi.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.