O‘ziga xos iforli atir tanlashga yordam beradigan 9 tavsiya
Obraz nafaqat kiyinish va makiyajga, balki taraladigan iforga ham bog‘liq bo‘ladi. Atir tanlashda inobatga olish kerak bo‘lgan jihatlar haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Foto: AdMeAtirning ifori xushbo‘ylashtirilgan suvdan yaxshiroq bo‘ladi
Mutaxassis bo‘lmagan odamga do‘kondagi yuzlab flakonlar orasidan qay biri xushbo‘ylashtirilgan suv qaysini atir ekanini aniqlash mushkul bo‘ladi. Qolaversa, parfyumning turlari nimasi bilan farq qilishini ham darhol bilib bo‘lmaydi. Ma’lum bo‘lishicha, ularning farqi tarkibidagi yog‘ bilan bog‘liq bo‘ladi. Xushbo‘ylashtirilgan suvda yog‘ 5–15 foiz ekani hisobiga ifor sepgandan keyin 3 soat turadi. Parfyumlangan suvda esa 15-20 foiz bo‘lgani uchun 8 soatga turadi. Atirda 30 foiz konsentrant bo‘lgani uchun esa ifor sutka davomida taralib turadi.
Atir va xushbo‘ylashtirilgan suv orasidan birinchisi yoki parfyumlangan suvni tanlagan yaxshi
Ular nota deb nomlanadigan 3 qatlamdan iborat bo‘ladi. Yuqori notalar 15 daqiqa turadi, qolgan bazaviysi esa kun oxirigacha saqlanib turadi.
Foto: AdMeEskichadek ifor taraladigan atirlardan qochish uchun nima qilish kerak?
Zamonaviy va o‘ziga xos ifor taralib turishini istasangiz, shirin gul iforli atirlarni tanlamaslik tavsiya qilinadi. Dolzarb bo‘lmagan bunday variantlar, shuningdek, obrazga ham mos tushavermaydi. Shunga qaramay, binafsha va gulsapsarga xos sof ifor bo‘lsa, gul notalari zodagonlarcha nazokat baxsh etishi mumkin. Yasmin, sariq gulli akasiya va sandal ham, shuningdek, yaxshi umumlasha oladi.
Foto: AdMeShirin ifor qancha kam bo‘lsa shuncha yaxshi
Shirin meva iforlari o‘smirlik davriga xos deb hisoblanadi. Qolaversa, aksariyat hollarda arzon atirlarga katta miqdordagi shirin xushbo‘ylashtiruvchi vositalar qo‘shiladi. Ifor konfet, shokolad yoki bulochka sotiladigan do‘kondagi hidni eslatadigan bo‘lsa, o‘zingizni aslzodalardek his qilmasligingiz aniq. Yaxshisi yengil va asl iforlarga e’tibor qarating. Yoki yog‘och kedra notasi, anbar va bergamot(sitruslar oilasiga mansub daraxt)notalariga diqqat qiling. Ammo bu hamma shirin iforli atirlardan voz kechish kerakligini bildirmaydi. Masalan, vanil haddan ortiq shirin bo‘lgani bilan, ifori turlicha ekani sabab yoqimlilik baxsh etishi mumkin.
Foto: AdMeQanday atirlar qimmatdek tuyilishi mumkin?
Bugungi kundagi eng mashhur atirlar asosan yog‘och daraxti, vanil, jasmin, binafsha, papaya, bergamot, muskat yong‘og‘i, kardamon, mandarindan olinadi.
Foto: AdMeParfyumni tanlash uchun saytlardan foydalaning
Qanday atir va ifor tanlash haqida boshingiz qotayotgan bo‘lsa, internetdan, xususan, fragrantica.com saytidan ma’lumot olishingiz mumkin. Unda ma’lum bir iforni topish yoki qandaylari hashamatli hisoblanishini bilish mumkin. Tanlab, qaror qilgandan keyin do‘konga borishingiz mumkin.
Foto: AdMeShoshilmang
Do‘konga borganda iforlar aralashib ketmasligi uchun hech qanday parfyumdan foydalanmang. Tanlash uchun maxsus qo‘yilgan qog‘ozlardan foydalanish, teriga surkash yoki shunchaki hidlab ko‘rishingiz mumkin. Tanlov qilayotganda mavsumni ham e’tiborga olish kerak. Masalan, sharqona iforlar issiq havo uchun mos emas. Kuz va qish uchun esa “zamsh” notali iforlar ayni muddao. Qimmat sumka yoki mebellardan shunday ifor taraladi. Sovuq fasllarda go‘yo isitib, uydagi qulaylikni yodga soladigandek tuyilgan parfyumlar tanlash kerak. Tabiiy mushkdan atir ishlab chiqarishda XIX asr oxirigacha keng foydalanilgan. Mushkni kabarga, ondatra singari ayrim hayvonlarning bezlaridan ajraladi. Ammo keyinroq populyatsiya xavfi sabab ishlab chiqaruvchilar bugungi kunda sintetik komponentlardan foydalana boshlagan.
Foto: AdMeIforlar ham urfda bo‘lishi mumkin?
Masalan, qachonlardir binafsha iforli atir urfda bo‘lgani sabab bunday variantlar darhaqiqat qimmat bo‘lgan. Avvallari, binafshadan 1 kg efir yog‘i olish uchun katta miqdorda gul yig‘ish kerak bo‘lgan. Bunday atir yaratishni o‘zi bo‘lmagan va shuning uchun ham ular qimmat bo‘lgan. Masalan, Emilya Zolyaning 1980-yildagi “Nana” romanida bosh qahramon boyib ketadi va puli qanchalik ko‘pligini ko‘rsatish uchun uyini binafsha iforlari bilan burkaydi. XX asrda sintetik iforlar o‘ylab topilganidan keyin binafsha iforli atirlar qimmat bo‘lmay qolgan. Shu sabab bugungi kunda istalgan odam binafsha iforli atirni xarid qilishi mumkin.
Foto: AdMeEmotsiyalarga tayaning
Atirni tarkibidagilar asosida tanlay olmasangiz, tuyg‘u va emotsiyalaringizga tayanishingiz mumkin. Mutaxassislar qanday iforni yaxshi ko‘rishingiz haqida bosh qotirib ko‘rishni tavsiya qiladi. Qaysi ifor ko‘nglingizga xush yoqayotganiga e’tibor bering. Mutaxassislar turli iforlar ma’lum terida turfa taralishini, o‘zini boshqacha namoyon qilishini ta’kidlaydi. Sepilgan atir kun davomida o‘ziga xos tarzda o‘zgarishi mumkin. Shu sabab ham mutaxassis tavsiyasiga amal qilgan holda tanlab, ularning qanchalik to‘g‘ri kelish yoki yo‘qligiga qaror qilish uchun ichki ovozingizga quloq tuting.
Manba