Salomatlik Goʼzallik Flakon uchun 81 million: dunyodagi eng qimmat atirlar qanday ifor taratadi?

Flakon uchun 81 million: dunyodagi eng qimmat atirlar qanday ifor taratadi?

O'qildi: 548


Flakon uchun 81 million: dunyodagi eng qimmat atirlar qanday ifor taratadi?

Ayollarning pardoz buyumlari qatoridan joy oluvchi atirlar ham ko‘p narsani hal etishga qodir. Uning yoqimli va nafisligi ayol tarovatini yanada boyitadi. Ammo ifor quyilgan flakon undan ham ko‘proq ahamiyatga ega. Quyida esa dunyo bo‘ylab eng yaxshi ifor taratuvchi atirlarning qimmatbaho flakonlari reytingi bilan tanishish mumkin.

1-o‘rin: Shumukh Nabeel − 1,3 million dollar

Foto: Cosmopolitan

Arab tilidan tarjima qilinganda atir nomi “Eng yuqori darajaga loyiq” degan ma’noni anglatadi. Shuning uchun ham atir eng qimmatbaho iforlar qatoridan joy olgan. Uni yaratish uchun uch yil sarflandi. shuningdek, atir flakonida eng ko‘p olmoslari bilan Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan.

2-o‘rin: Golden Delicious, DKNY − 1 million dollar

Foto: Cosmopolitan

Odatda xushbo‘yning narxi 40 dollarni tashkil etadi, ammo 2011-yilda shisha million dollarlik 2909 ta qimmatbaho toshlar bilan bezatildi. Cheklangan miqdordagi atir taniqli zargar Martin Kats tomonidan bezatilgan.

3-o‘rin: Christian imperial Majesty, Clive Christian − 215 ming dollar

Foto: Cosmopolitan

Flakon billur, oltin va olmos bilan bezatilgan. Uning ichida 200 ga yaqin komponentlar mavjud.

4-o‘rin: Idylle Baccarat − Lux Edition, Guerlain − 40 ming dollar

Foto: Cosmopolitan

Ushbu xushbo‘y hid uchun dizayner Ora Ito ko‘z yoshi shaklidagi, oltin kakma bilan qoplangan kristall flakonni ishlab chiqdi. Iforning o‘zi esa Guerlain uyining asosiy boshqaruvchisi Tierri Vasser tomonidan yaratilgan.

5-o‘rin: Royal Arms Diamond Edition Perfume, Floris − 23 ming dollar

Foto: Cosmopolitan

Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizavetta II hukmronligining yubileyi sharafiga cheklangan miqdorda xushbo‘y ishlab chiqarilgan.

6-o‘rin: Poivre, Caron − 9 ming dollar

Foto: Cosmopolitan

Ushbu ifor 1950-yillarga qadar mashhur bo‘lgan. Ular hozirda mavjud emas. Iforning nomi “qalampir” degan ma’noni anglatsa-da, atir unchalik ham achchiq hidga ega emas.

7-o‘rin: Les Larmes Sacrees de Thebes, Baccarat − 6 ming dollar

Foto: Cosmopolitan

Xushbo‘y atirni yoqtirib qolganlar nafaqat ifor uchun, balki qo‘l mehnatida yaratilgan flakon uchun ham 6000 dollar to‘lashi kerak.

8-o‘rin: Christian 1, Clive Christian − 5,5  ming dollar

Foto: Cosmopolitan

Flakon ichidagi xushbo‘y atir bilan birgalikda kumush bilan bezak berilgan kristalldan yasalgan.

9-o‘rin: Roja Exclusive, Roja Parfums − 4,3 ming dollar

Foto: Cosmopolitan

Ushbu ifor Rojer Deyvning shaxsiy kolleksiyasidan olingan bo‘lib, u har yili kichik ko‘rsatkichlarda ishlab chiqariladi.

10-o‘rin: Chanel No. 5 Grand Extrait, Chanel − 5,2 ming dollar



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.