Salomatlik Ayollar uchun Qish mavsumida avitaminoz kuzatilmasligi uchun sarxil sabzavotlar o‘rniga nima iste’mol qilish kerak?

Qish mavsumida avitaminoz kuzatilmasligi uchun sarxil sabzavotlar o‘rniga nima iste’mol qilish kerak?

O'qildi: 292


Qish mavsumida avitaminoz kuzatilmasligi uchun sarxil sabzavotlar o‘rniga nima iste’mol qilish kerak?

Qish mavsumida vitaminga boy mahsulotlarni iste’mol qilish yoz fasliga qaraganda ancha kamayadi. Buning sababi quyosh nurining, shuningdek, ko‘plab foydali moddalarni beradigan yangi meva-sabzavotlarning kamligidadir. Shuning uchun ham sovuq oylarda yetishmovchilikni bartaraf etish uchun qo‘shimcha vitaminlarni ichish odatiy holga aylangan. Quyida qish faslida kerakli vitaminlarni yetarlicha qabul qilish uchun sabzavotlar o‘rnini nimalar bilan almashtirish mumkinligini bilib olish mumkin.

Foto: “Infoniac.ru”

Diyetologlar sovuq mavsumda xom shaklda saqlanadigan ildizli ekinlarga ko‘proq e’tibor qaratishni tavsiya qiladi. Bularga masalan, qovoq, lavlagi, sabzi, piyoz va karamni misol qilish mumkin. Ularni xom, dimlab yoki qaynatib yeyish mumkin. Bu kabi mahsulotlar maksimal foydani saqlab qoladi va tanani vitaminlar bilan ta’minlaydi.

Bundan tashqari, yoz va kuz faslida an’anaga muvofiq yangi meva va sabzavotlarni muzlatish ham kerak. Ko‘pgina tadqiqotchilar ushbu shakldagi mahsulotlarni yangilariga qaraganda ancha foydali deb biladi. Vitamin va minerallar maksimal miqdorini o‘z ichiga olgan meva va sabzavotlar ular pishib yetilishining eng yuqori chog‘ida muzlatishga qo‘yiladi. Sotish uchun qo‘yilgan yangi meva va sabzavotlar esa pishmagan holida olib kelinadi, chunki sotilguniga qadar sifati yomonlashib ketmasligi uchun.

Foto: “Harper’s Bazaar”

Tuzlangan sabzavotlarni esa ayrim mutaxassislar tavsiya etmaydi. Garchi ular foydali xususiyatini yo‘qotmasdan, barcha vitaminlarni o‘zida saqlab qolsa ham. Bundan tashqari, organizmga uglevod va shakar sabzavotlarning tuzlangan shakldagisida kamroq kiradi. Ammo oshqozon ichak-tarkti kasalligi bor bo‘lgan bemorlar tuzlangan sabzavotlar iste’molidan o‘ta ehtiyot bo‘lishi kerak, sababi ular kislotalilikni oshiradi.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.