Salomatlik Ayollar uchun Poyabzaldagi yoqimsiz hidni qanday ketkazish mumkin?

Poyabzaldagi yoqimsiz hidni qanday ketkazish mumkin?

O'qildi: 413


Poyabzaldagi yoqimsiz hidni qanday ketkazish mumkin?

Poyabzaldan yomon hid kelishi faqat erkaklarda bo‘ladi deb hisoblasangiz, adashasiz. Bunday yoqimsiz hid ko‘plab komplekslarning sababchisiga aylanadi va noqulaylik tug‘diradi. Bundan qanday qilib qutulish yo‘llari haqida ma’lumot beramiz.

Foto: “Domashniy ochag”

Poyabzal uchun sprey

Oyoq kiyimdagi hidni yo‘qotish uchun ko‘plab tayyor vositalar mavjud. Ulardan sprey shaklidagisini tanlagan ma’qul. Chunki poyabzalni krem bilan artish qulay emas, kukun ko‘rinishidagi vositalar esa paypoq va kolgotkalarda oq dog‘ qoldirishi mumkin.

Maxsus sharchalar va paketlar

Kechasi maxsus sharchalarni botinka yoki etik ichiga solib qo‘ysangiz, ular ortiqcha namlikni shimib oladi va yoqimsiz hidlarni yo‘qotadi. Bunday vositalar ko‘pincha sport mahsulotlari do‘konlarida sotiladi.

Bir martalik poyabzal tagligi

Shuningdek, poyabzalingizni yaxshi saqlash uchun oyoq kiyim tagliklarini nam antibakterial salfetkalar bilan artish yoki bir martalik taglik sotib olib, almashtirib ishlatishingiz mumkin.

Perekis va nashatir spirti

Xalqona usul: nashatir spirti va vodorod peroksidni aralashtiring, eritmani purkagichli idishga quyib, poyabzalning ichki qismiga yaxshilab ishlov bering.

Sirka

40 foizli sirkada namlangan paxtani poyabzal ichiga solib qo‘ying. Sirka charm poyabzalga zarar yetkazmaydi, ammo rezina qismlariga tegmagani ma’qul. Sirka bilan tozalangan poyabzalni ochiq havoda qoldirish lozim, chunki sirka hidi bir necha kungacha saqlanib qoladi.

Antibakterial vositalar

Xlorgeksidin yoqimsiz hiddan xalos bo‘lishda samarali yordam beradi, uni poyabzal ichiga sepib, bir necha soatga qoldiring. Xlorgeksidin poyabzaldagi zamburug‘larni yo‘q qilishda ham yaxshi natija beradi.

Elektr quritgich

Bunday quritgichlarning har bir oyoq kiyim uchun mo‘ljallangani mavjud. Elektron quritgich poyabzalni ichiga havo yuborib quritadi, shuning uchun poyabzalga zarar yetmaydi. Ba’zan quritish jarayoni 1 soatdan 3—4 soatgacha davom etishi mumkin. Bu qulay, chunki poyabzalni uy sharoitida bu qadar tez quritib bo‘lmaydi. Quritgichlarning har xil o‘lchamdagisi mavjud, ammo ayollar va bolalar poyabzaliga bemalol sig‘adigan kichikroq quritgichni tanlagan ma’qul.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.