Oddiy paypoq yordamida yulduzlarnikidek soch turmagi yaratamiz (foto)
Bu oddiy layfxak uzun sochlarni chiroyli turmaklashda, albatta, qo‘l keladi.
Foto: “Domashniy ochag”Turmak uchun mo‘ljallangan yostiqcha ketma-ket bir necha mavsumda ham modadan qolgani yo‘q. Bu ajablanarli emas, chunki nafaqat chiroyli, balki juda qulay ham. Ko‘p ayollar sochga hajm qo‘shish uchun dumaloq shakldagi yostiqdan foydalanadi. Aslida, mukammal turmak yasash uchun unga ega bo‘lish shart emas, chunki uni oddiy paypoq bilan osongina almashtirish mumkin. Va bu 10 daqiqadan oshmaydi.
Soch uchun yostiqcha qanday yasaladi?
Bir juft paypoq, paypoq qanchalik uzun bo‘lsa, rulonli yostiq shunchalik katta bo‘ladi. Rangni sochga moslashtirish tavsiya etiladi.
Kerakli buyumlar:- qaychi;
- soch uchun tasma;
- taroq;
- soch uchun sprey.
Foto: “Domashniy ochag”
- Har bir paypoqning qirralarini qaychi bilan kesib olinadi.
- Birinchi paypoqni chet qismlari yig‘ilib, aylantiriladi.
- Agar kattaroq yostiqcha kerak bo‘lsa, ikkinchi paypoqning cheti birinchisining ostiga qo‘yiladi va kattalashguncha buraladi.
- Keraksiz qismini kesib tashlash mumkin.
- Aylana tekislanadi, shunda g‘ijimlar qolmaydi va silliq bo‘ladi.
Soch taraladi va elastik tasma taqiladi. Suratda turmakning baland versiyasi ko‘rsatilgan, lekin hamma xohishga ko‘ra taqishi mumkin.
Foto: “Domashniy ochag”
Sochlarni yuqoriga ko‘tarib, aylana ichidan o‘tkaziladi.
Foto: “Domashniy ochag”
Aylana soch uchlari tomon siljitiladi, shunda uni harakatlantirish mumkin. Yostiqcha aylantiriladi, shunda sochlar unga mahkamlanadi. Bosh tomon harakatlantiriladi.
Foto: “Domashniy ochag”
Sochlar yuqoriga tortiladi va teng taqsimlanadi. Bu jarayon birinchi marta o‘xshamasligi mumkin, lekin vaqt o‘tishi bilan chiroyli soch turmagi hosil bo‘ladi. Faqat mashq qilishingiz kerak.
Foto: “Domashniy ochag”
Manba