Salomatlik Ayollar uchun Hammasi oson: Pech tozalashning 5 xil usuli

Hammasi oson: Pech tozalashning 5 xil usuli

O'qildi: 325


Hammasi oson: Pech tozalashning 5 xil usuli

Ovqat qoldiqlari to‘kilgan, yog‘lar to‘plangan pechni tozalash sevimli yumushlardan biri emasligi aniq. Lekin vaqtida tozalab turilmasa, yoki kir holatida ham boshqa taom pishirilsa, yig‘ilgan eski qoldiqlar pishiriladigan taomning ta’mi va hidiga ta’sir qilishi mumkin.

Qanday qilib pechni yog‘ va chirklardan tozalash mumkin?

Foto: Freepik

Kimyoviy tozalash vositalari yordamida

Tozalash oson bo‘lishi uchun 15-20 daqiqa davomida 50 daraja haroratda qizdirib oling. Tozalashdan avval pech eshigini ochib qo‘ying va rezina qo‘lqop kiyishni esdan chiqarmang. Tozalash vositasi yordamida gubka bilan yaxshilab tozalang.

Uy sharoitida qanday tozalash mumkin?

Kir, yog‘ to‘plangan joyga tozalovchi vositani seping yoki gubka bilan surtib chiqing va biroz kuting, darhol tozalashga kirishib ketmang. Pech tozalash uchun mo‘ljallangan gellar odatda 30 daqiqadan keyin ta’sir qilgani sabab ham eshigini 30 daqiqaga yopib qo‘ying. Shundan keyin yaxshilab arting va tozalang, kimyoviy vositaning hidi ham o‘zi ham qolmasin. Tozalab bo‘lgandan keyin 1-2 soat ishlatmay turing.

Sirka va soda yordamida

Birinchi bo‘lib pech ichidagi ovqat qoldiqlarini sidirib oling. Sirka va sodani 1:2 nisbatda aralashtiring, idish yuvadigan vositadan bir-ikki tomchi va suv qo‘shing. Aralashmani qattiq gubkaga surtib, pech devorlarini yaxshilab ishqalang. Idish yuvadigan vosita o‘rniga suvga ivitib qo‘yilgan xo‘jalik sovunidan ham foydalansa bo‘ladi. Aralashmani pech devorlariga surtgandan keyin bir soatga eshigini yopib qo‘yish kerak.

Sodani pech oynasiga sepib 40 daqiqa kutilsa, undagi chirklarni ketkazishga yordam beradi.

Shuningdek, pech ichini sirka bilan artib, ustidan soda bilan tozalash, yaxshiroq samara berishi uchun esa limon kislotasidan ham foydalanish mumkin.

Nashatir spirti va suv yordamida

Pechni 70 daraja qizdirib olib, keyin o‘chirib qo‘ying. Idishga qaynagan suv soling va pechning pastki polkasiga qo‘ying, ikkinchi polkaga esa nashatir spirti solingan idish qo‘ying. Pech eshigini yoping va ertalabgacha qoldiring. Tongda nashatir spirtli idishga suv va yuvadigan vosita qo‘shib aralashtiring va ushbu aralashma bilan pech devorlarini artib chiqing.

Keyingi safar pechdagi yog‘ va kirlarni ketkazish oson bo‘lishi uchun nima qilish kerak?

  • Oylab yog‘ bosib yotmasligiga e’tiborli bo‘ling. Yog‘li taom pishirganda yoki boshqa bir yegulikni tayyorlash davomida qoldiq to‘kiladigan bo‘lsa, pechga yuvadigan vosita qo‘shilgan suv qo‘ying va 100 daraja haroratda qizdiring, devordagi yog‘lar yumshashni boshlaydi va tozalash oson bo‘ladi.
  • Yog‘li taom pishirganda folga yoki zapekanka pishirishda ishlatiladigan qog‘ozdan foydalaning.
  • Pech xarid qilishda piroliz funksiyasi(o‘zini o‘zi tozalash xususiyatiga ega bo‘lgan)ga ega bo‘lgan variantlarga e’tibor qarating. Ularni yuvishga hojat bo‘lmaydi, ushbu funksiya ishga tushirilganda yuqori haroratda yog‘ va ovqat qoldiqlari yo‘q bo‘lib ketadi. Bu vaqtda pech eshigi bloklanadi va jarayon vaqti ochib bo‘lmaydi.


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.