Salomatlik Ayollar uchun Xira, mog‘or va bug‘ bosgan plitkalar: hammomdagi muammolarni bartaraf etishda yordam beruvchi 5 ta layfxak (video)

Xira, mog‘or va bug‘ bosgan plitkalar: hammomdagi muammolarni bartaraf etishda yordam beruvchi 5 ta layfxak (video)

O'qildi: 277


Xira, mog‘or va bug‘ bosgan plitkalar: hammomdagi muammolarni bartaraf etishda yordam beruvchi 5 ta layfxak (video)

Hammomni tozalash uchun ko‘p vaqt ketadimi?Buning ajoyib yechimi mavjud. Quyidagi layfxaklar har qanday uy bekasining vaqtini tejashga yordam beradi.

Foto: “Domashniy ochag”

Hammom plitkalari

Hammom plitkalarini tozalash uchun idishga iliq suv, idish yuvish vositasi va sirka qo‘shiladi. Eritma yaxshilab aralashtiriladi va maxsus gupka bilan yuviladi, quruq latta bilan artiladi.

Hammomdagi rezina gilamlar

Rezina gilamchalar ustidagi dog‘ va qoplamalarni olib tashlash uchun 2:1 nisbatda iste’mol sodasi va limon sharbati aralashtiriladi. Olingan aralashma bilan gilamcha artiladi va ustiga biroz sirka sepiladi. Namlik biroz qurigandan so‘ng gilam yuzasi oddiy nam mato bilan artib chiqiladi.

Hammom pardasi

Hammom pardasidagi mog‘orni olib tashlash uchun yarim stakan tuzni bir litr suv bilan aralashtirish kerak. Ushbu aralashma yordamida parda artiladi. Mazkur jarayonni bir oyda bir marotaba qo‘llash pardani toza va chiroyli turishiga yordam beradi.

Plitka qirralaridagi mog‘or

Plitka va plitkalardagi mog‘orlarga qarshi avtomobil uchun qo‘llaniladigan “Antiyomg‘ir” vositasi bilan kurashish mumkin. Vositani plitkalar yuzasida qo‘llab, ustidan yumshoq mato bilan artib tashlash tavsiya etiladi.

Hammom devorlari

Hammom xonasining devorlarini tezroq tozalash, suv tomchilarini bartaraf etish uchun melamin shimgich va deraza tozalagichdan foydalanish mumkin.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.