Salomatlik Ayollar uchun Sotib olishga hojat yo‘q: uy sharoitida tayyorlash mumkin bo‘lgan 8 xil tozalash vositasi

Sotib olishga hojat yo‘q: uy sharoitida tayyorlash mumkin bo‘lgan 8 xil tozalash vositasi

O'qildi: 259


Sotib olishga hojat yo‘q: uy sharoitida tayyorlash mumkin bo‘lgan 8 xil tozalash vositasi

Agar uyda tozalash yoki kir yuvish vositasi tugab qolsa, do‘konga shoshishning keragi yo‘q. Chunki uy sharoitida ham tayyorlash mumkin bo‘lgan ko‘p narsa bor. Ular nafaqat samarali, balki tabiiy hamdir.

Foto: “Domashniy ochag”

Derazalarni tozalash vositasi

Tarkibi: 2 stakan suv, ¼ stakan sirka, ¼ stakan spirtli ichimliklar, 1 yoki 2 tomchi efir moyi. Bu suyuqlikka yoqimli hid beradi.

Qo‘llanilishi: Vositalar aralashtiriladi va shishasida saqlanadi. Avval qog‘oz sochiq yoki yumshoq matoga, keyin derazaga sepiladi. Issiq quyoshli kunda derazalarni yuvmaslik tavsiya etiladi, chunki vosita juda tez qurib, oynada dog‘ qoldirishi mumkin.

Yog‘larni ketkazish vositasi

Tarkibi: ¼ stakan ammiak, yetarli miqdorda suv(taxminan 4 litr)va idish yuvish uchun ozgina suyuqlik qo‘shiladi.

Qo‘llanilishi: Idish yuvish uchun shimgich eritma ichiga botirilib, sirti artiladi. Keyin yuza toza suv bilan yuvib tashlanadi.

Umumiy tozalash vositasi

Tarkibi: 4 osh qoshiq iste’mol sodasi, bir litr iliq suv.

Qo‘llanilishi: Shimgich aralashmaga botiriladi va yuzalar artiladi.

Dog‘larni ketkazuvchi vosita

Tarkibi: 4 litr issiq suv, bir stakan kir yuvish vositasi, bir stakan oddiy suyuq xlorli oqartirgich.

Qo‘llanilishi: Vositalar idishda aralashtiriladi, tozalash kerak bo‘lgan joy 15-20 daqiqa davomida namladi, keyin odatdagidek yuviladi.Stol ustidagi dog'larni ketkazuvchi vosita

Tarkibi: 1:1 nisbatda tish yuvish pastasi va iste’mol sodasi

Qo‘llanishi: Mato suv bilan namlanadi, so‘ng dog‘ yuzasi tish pastasi aralashmasi bilan artiladi. Boshqa quruq mato bilan sirt artib, quritiladi.

Idish yuvish mashinasidagi dog‘larni ketkazuvchi vosita

Tarkibi: ¼ stakan limon kislotasi yoki apelsin sharbati.

Qo‘llanilishi: Mashinaning ichidagi zangni olib tashlash uchun mahsulotni dispenser bo‘limiga quyiladi va normal rejimga qo‘yiladi. Agar kerak bo‘lsa, jarayon takrorlanadi.

Metall tozalovchi vosita

Tarkibi: Sirka yoki limon sharbati va tuz.

Qo‘llanilishi: Shimgich sirka yoki limon sharbati ichiga botirilib, ustiga tuz sepiladi. Yuza artiladi va suv bilan yaxshilab yuviladi. So‘ng darhol toza mato bilan artib olinadi.

Marmar tozalash vositasi

Tarkibi: Bir necha tomchi idishlarni yuvish vositasi va 2 stakan iliq suv.

Qo‘llanilishi: Aralashma bilan sirt usti artib olinadi va qoldiqlarini olib tashlash uchun yaxshilab chayiladi. Hech qachon marmar yoki granit yuzalarga sirka, limon yoki boshqa oksidlovchi vositalarni ishlatib bo‘lmaydi.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.