Salomatlik Ayollar uchun Xonaki o‘simliklarning bargi sarg‘aymasligi uchun ularni qanday parvarish qilish kerak?

Xonaki o‘simliklarning bargi sarg‘aymasligi uchun ularni qanday parvarish qilish kerak?

O'qildi: 313


Xonaki o‘simliklarning bargi sarg‘aymasligi uchun ularni qanday parvarish qilish kerak?

Ayniqsa, qish mavsumida uyda o‘stiriladigan gullar bo‘lsa, ertami-kechmi ularning barglari sarg‘ayishi ko‘p uchraydigan holat. Demak, parvarish borasida nimadir noto‘g‘ri amalga oshirilayotgan bo‘lishi mumkin. Buni quyidagicha aniqlasa bo‘ladi:

Foto: “Domashniy ochag”

Juda ko‘p yoki kam sug‘orish

Odatda tuproqning ustki qatlami tezroq quriydi. Natijada o‘simliklar xuddi suvsiz qolgandek tuyiladi. Aslida esa bunday emas. Tuproq namligini to‘g‘ri aniqlash uchun barmoqni tuvakka 2-3 santimetr chuqurroq kiritib ko‘rish kerak.

Tuproq tekshirilgandan so‘ng quruqlik aniqlansa, darhol bir stakan miqdorda suv quyish kerak. Shuningdek, o‘simliklarni muntazam sug‘orishda ushbu tekshiruvni amalga oshirish zarur.

Agar tuproq, aksincha, juda nam bo‘lsa, o‘simliklarning ildizni tekshirish zarur. Sababi ular ko‘p sug‘orish natijasida zararlanib, chirish alomatlari paydo bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Bu kabi vaziyatda o‘simlikni boshqa idishga ko‘chirib, uni so‘lib qolishdan asrash lozim. Shuningdek, sug‘orish borasida yuqoridagi ko‘rsatma tavsiya etiladi.

Foto: “Domashniy ochag”

Zararkunandalarni tekshirish

Agar sug‘orish tartib bilan amalga oshirilayotgan bo‘lsa, demak, yaproqlar sarg‘ayishining sababi zararkunandalar bo‘lishi mumkin. Ulardan eng keng tarqalgani — oq qanotli chivin va o‘rgimchak kana. Ba’zan ularni darhol aniqlash qiyin, shuning uchun yaproqlarni sinchkovlik bilan ko‘rib chiqish zarur.

Agar barglarda mayda teshik yoki oq nuqtalar, shuningdek, o‘rgimchak to‘riga o‘xshash to‘r paydo bo‘lgan bo‘lsa, demak zararkunandalar mavjud. Ular xona haroratida o‘zini juda yaxshi his etadi. Ularni bartaraf etish uchun o‘simlik bargi yaxshilab yuvilishi kerak. Buning uchun kir yuvish sovuni yoki idish yuvish vositasini ishlatish mumkin. Shundan so‘ng ularga akaritsid va insektoakaritsid guruhidan maxsus preparatlarni qo‘llash kerak. Agar uy sharoitida faqat tabiiy mahsulotdan foydalanish kerak bo‘lsa, unda “Nim” moyi yordam berishi mumkin.

Foto: “Domashniy ochag”

O‘simliklarga quyosh nurining tushishi

Sarg‘aygan barglarning yana bir sababi – quyosh nurlarining yetishmasligidir. Albatta, bu kuz va qish mavsumida ko‘proq kuzatiladi. Barcha derazalar quyoshga teskari tomonda bo‘lsa, o‘simliklar zarar ko‘radi. Shuning uchun o‘simliklarni deraza yoniga qo‘yish yoki sun’iy yoritishni tashkil qilish zarur. Yorug‘likning yetishmasligi birinchi navbatda o‘simlikning pastki qismida aks etadi. Ular sarg‘ayib, so‘lishni boshlaydi.

Foto: “Domashniy ochag”

Yelvizakdan saqlash

Xonaki o‘simliklarning aksariyati tabiiy tropik mamlakatlarga xos bo‘lib, ular sovuq va yelvizakka chidamli emas. Shuning uchun ham o‘simlik biroz ochiq deraza qarshisida turib, sarg‘aygan bo‘lsa, hayron bo‘lish kerak emas. Shuningdek, o‘simlik salqin xonada bo‘lsa, uni sug‘orishni kamaytirish zarur. Aytgancha, o‘simliklar nafaqat sovuq mavsumda, balki doimiy ishlaydigan konditsioner ostida ham muzlashi mumkin. Azotli o‘g‘it yetishmasligi tufayli eski barglar sarg‘ayadi, yangilari esa yashil rangda turaveradi. Shuning uchun azotli o‘g‘itni me’yorida qo‘shishni unutmaslik zarur. Ortiqchasi yana ularga zarar berishi mumkin.

Foto: “Domashniy ochag”




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.