Salomatlik Ayollar uchun Yig‘lashning keragi yo‘q: Piyoz to‘g‘rashda ko‘z yoshdan saqlanish usuli topildi

Yig‘lashning keragi yo‘q: Piyoz to‘g‘rashda ko‘z yoshdan saqlanish usuli topildi

O'qildi: 299


Yig‘lashning keragi yo‘q: Piyoz to‘g‘rashda ko‘z yoshdan saqlanish usuli topildi

Piyoz tozalash va to‘g‘rash jarayonida ko‘z hamda yosh bezlarini bezovta qiladigan moddalarni chiqaradi. Natijada odamning ko‘zlari yoshlanadi. Piyoz to‘g‘rashda ko‘zlar yoshlanmasligi uchun Britaniyaning Express portali bir necha usullarni tavsiya etadi.

Foto: “Yandeks Dzen”

Birinchidan, material muallifi piyozni muzlatkichda 30, yoki muzxonada 15 daqiqaga qoldirishni maslahat beradi. Bu mahsulot chiqaradigan uchuvchi moddaning tarqalishini kamaytiradi. Shuningdek, piyozni to‘g‘rashda derazalar ochiq yoki havoni tozalab turuvchi ventilyator bo‘lish kerak.

Ikkinchidan, piyozlarni to‘g‘rashda o‘tkir pichoqdan foydalanish kerak. Piyoz qancha kam bo‘laklarga bo‘linsa, uning ko‘zni achishtiruvchi fermentlari shuncha kam ajraladi.

Uchinchidan, piyozni to‘g‘rashdan avval uning uchi olinganidan so‘ng suvga botirish kerak. Ammo bu holatda mahsulotning mazali ta’mi kamayishi xavfi mavjud.

Va nihoyat, piyoz ko‘zlarni yoshlamasligi uchun ko‘zoynakdan foydalanish mumkin. Muallifning so‘zlariga ko‘ra, ushbu usul eng ta’sirchan ko‘z egalari uchun mos keladi.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.