Salomatlik Ayollar uchun Chia urug‘lari qanday iste’mol qilinadi va haqiqatan ham foydalimi?

Chia urug‘lari qanday iste’mol qilinadi va haqiqatan ham foydalimi?

O'qildi: 499


Chia urug‘lari qanday iste’mol qilinadi va haqiqatan ham foydalimi?

Chia urug‘lari ozuqa moddalarning yuqori konsentratsiyasiga ega. Uning tarkibida kalsiy, kaliy va antioksidantlar mavjud. Chia urug‘ining vatani Markaziy va Janubiy Meksika hisoblanadi. Ushbu urug‘lar qadimdan beri ishlatilib, endilikda undan kundalik oziq-ovqat mahsuloti sifatida foydalanilmoqda.

Foto: “Domashniy ochag”Chia urug‘ining afzalliklari nimada?
  • Ortiqcha vazndan qutulishga yordam beradi, oshqozonni to‘q tutib, kaloriyani kamaytiradi.
  • Tanani kalsiy bilan ta’minlaydi, shuning uchun osteoporoz va menopauza davrida iste’mol qilish tavsiya etiladi.
  • Tarkibida mavjud fosfor tufayli asab tizimi uchun foydali hisoblanadi va xotirani mustahkamlaydi.
  • Urug‘lar yurak faoliyati va xolesterin miqdorini pasaytirish uchun zarur bo‘lgan omega-3 va omega-6 kislotalariga boy.
  • Chia urug‘lari kaliyga boy bo‘lgani uchun ularni iste’mol qilish qon bosimini pasaytirishga yordam beradi.
  • Qondagi qand miqdorini, umuman, endokrin tizim faoliyatini barqarorlashtirishga qodir.
  • Chia urug‘lari mazasiz bo‘lgani bois uni deyarli barcha taomlarga qo‘shish mumkin.

Foto: “Domashniy ochag”

Chia urug‘idan qanday foydalanish kerak?

Avvalo, urug‘lar suvga bo‘ktiriladi, shundan keyin ular shishib, jelega o‘xshash massaga aylanadi. Erta tongda yogurt, smuzi yoki yormalarga qo‘shish uchun tuni bilan muzlatkichga qo‘yish tavsiya etiladi.

Foto: “Domashniy ochag”

Shuningdek, suvdan boshqa har qanday suyuqlikka ham qo‘shish mumkin. Masalan, kefir, sut, kokos yoki bodom suti, choy va hattoki pomidor sharbati kabilar. Urug‘larni suyuqlikka 1:4 nisbatda qo‘shish kerak. Bundan tashqari, urug‘larni ikki hafta mobaynida muzlatkichda saqlash mumkin.

Foto: “Domashniy ochag”

Rukkola ko‘katlaridan tayyorlanadigan salatlar uchun chia urug‘i juda mos keladi. Bir qoshiq urug‘ tovada yog‘siz qovuriladi. Shundan so‘ng sho‘rva, salat va boshqa qo‘shimcha taomlarga qo‘shish mumkin.

Foto: “Domashniy ochag”

Chia urug‘i osongina suvni shimib olgani uchun tuxum o‘rnida ham foydalanish mumkin. Bir osh qoshiq chia urug‘i uch osh qoshiq suvga bo‘ktiriladi. Urug‘lar shishib chiqqanidan so‘ng 1 osh qoshiq urug‘ retsept bo‘yicha tuxum o‘rnini bosadi. Ayrim taomlarga un yoki makkajo‘xori kraxmalini qo‘shish tavsiya etiladi. Chia urug‘ini to‘g‘ridan to‘g‘ri qozonga bir juft osh qoshiq miqdorda qo‘shish mumkin. Urug‘lardan oddiy non va kotletlar tayyorlashda ham foydalanish mumkin.

Foto: “Domashniy ochag”

Bundan tashqari uy sharotida ham pudding tayyorlash mumkin. Bodom sutiga urug‘lar bo‘ktiriladi va muzlatkichga qo‘yiladi. Tayyor pudingga yong‘oq, mevalar va asal qo‘shish mumkin.

Foto: “Domashniy ochag”

Urug‘lar jelega aylanishi mumkinligi sababli ulardan murabbo tayyorlash mumkin. Buning uchun mevalar blenderda maydalanib, chia urug‘i qo‘shiladi.

Sochlar uchun foydali

Chia urug‘ini 25 daqiqaga suvga solinadi. Ular gelga aylanguncha kutish kerak, so‘ngra ularga 3 osh qoshiq limon sharbati qo‘shiladi. Gelni o‘xshash massa sochlarga suriladi va 10 daqiqadan keyin yuviladi. Soch tolalari qalin va mayin bo‘ladi.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.