Sayyoraning eng keksa ayoli uzoq umr ko‘rish bo‘yicha rekord o‘rnatdi
O'qildi: 303

Sayyoradagi eng keksa inson sifatida Ginnesning rekordlar kitobidan o‘rin olgan yaponiyalik Kane Tanakening yoshi 117 dan oshganiga 260 kun bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Foto: CGTNKanedan avval 2018-yil 117 yoshida vafot etgan yaponiyalik Nabi Tadzima Yer yuzida eng uzoq umr ko‘rgan fuqaro bo‘lgan.
Foto: ICTVKane Tanaka 1903-yil 2-yanvarda dunyoga kelgan. Shokolad va gazli ichimliklarni yaxshi ko‘radigan ayol 120 yoshgacha yashashiga umid qiladi.
Foto: Guinness World RecordsMa’lumot uchun, Yaponiya aholisining 80 mingdan ortig‘i 100 yoshdan oshgan fuqarolar, ularning 88 foizi esa ayollardan iborat. 1963-yil mazkur mamlakatda 100 yildan ortiq yashaganlar 153 ta bo‘lgan bo‘lsa, 1981-yilga kelib 1000 ta, 1998-yilda esa 10 mingtani tashkil qilgan.
Manba
Obuna bo'ling
Yangi ma'lumotlardan xabardor bo'lib boring
Yangi ma'lumotlardan xabardor bo'lib boring
Izoh qoldirish
Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.