Salomatlik Ayollar uchun Faqat italiyaliklarga ma’lum bo‘lgan mukammal pitssa siri

Faqat italiyaliklarga ma’lum bo‘lgan mukammal pitssa siri

O'qildi: 350


Faqat italiyaliklarga ma’lum bo‘lgan mukammal pitssa siri

Birinchi pitssa Qadimgi Misrda tayyorlangan. 6000 yil avval paydo bo‘lgan xamirturush xamir ichiga solingan. V asrda urush va jang maydonlarida xamir pishloq va xurmo qo‘shib tayyorlangan. Idish sifatida qalqonlardan foydalanilgan va shuning hisobiga xamir dumaloq, ingichka chiqqan. Biroz vaqt o‘tganidan keyin pitssa retsepti qabul qilingan.

Foto: Marie Claire

Greklarning retsepti juda ham oddiy bo‘lgan. Xamirga pishloq, sabzavot, ko‘kat, zaytun yog‘ qo‘yib pishirilgan. Dastlab pitssa aholi quyi qatlami iste’mol qiladigan taom bo‘lgan. Bor mahsulotlardan og‘ir jismoniy mehnat bilan shug‘ullanadigan ishchilar uchun energiya beradigan to‘yimli yegulik tayyorlangan. Keyinchalik mazkur yegulik o‘ziga to‘q qatlam vakillari e’tiborini ham tortgan. Sekin-asta uni Qadimiy Yunonistonga tashrif buyurgan savdogarlar ham tatib ko‘ra boshlagan. Shunday qilib retsept Rimga kelib qolgan va butun dunyoga tanila boshlagan. Professional pitssa tayyorlaydiganlarga ma’lum bo‘lgan mukammal Rim pitssasining 7 siri haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Pishloq sifatida faqatgina motsarelladan foydalaning

Pishloqning yumshoq turi hisoblangan motsarella pitssaning ustini qoplab, og‘izda erishiga sababchi bo‘ladi. Qattiq pishloq ta’mi yaxshi chiqishi mumkin, ammo xamir ustida yaxshi erimaydi.

Pechda qanday pishirish kerak?

Ko‘pchilik elektr pechlariga o‘rgangani bilan haqiqiy pitssani non pishirishga mo‘ljallangan professional pechda pishirish kerak. Shunda mukammal ko‘rinish va ta’mga ega bo‘ladi.

Un

Pitssa xamiri kumir-kumir va mukammal chiqishi uchun italyan unidan foydalanish maqsadga muvofiq. Ayrim restoran va kafelarda xamir tayyorlash uchun turli: suli, guruch va bug‘doy uni aralashtiriladi.

Xamirni oshirish

Xamirning retsepti juda ham oson: xamirturush, un va suv kerak. Ammo eng yaxshi asos tayyorlashning boshqa bir siri bor — qorilgan xamirni 24-28 soatga oshirib qo‘yish kerak.

Tomat pastasidan foydalanish

Haqiqiy italyancha pitssani tayyorlash uchun ketchup emas, pastadan foydalanish kerak. Ketchup konservant va quyiltiradigan moddalar qo‘shib tayyorlangan sous, pasta esa qaynatilgan tabiiy pomidordan tayyorlanadi.

Nachinkani xamir bilan birga pishirish kerak

Pitssani tayyorlash texnologiyasi haqida turli fikrlar mavjud. Kimlardir birinchi xamirni pishirib olib keyin nachinka qo‘yish kerakligini ta’kidlaydi. Ammo mutaxassislar pitssani bittada pishirish kerakligini ma’lum qiladi. Pishloq bir tekisda eriydi, nachinka esa pishganida ko‘proq mazali bo‘ladi. Tayyor bo‘lganida qo‘shish kerak bo‘lgan yagona mahsulot ko‘kat hisoblanadi.

Pitssani yuqori haroratda pishirish kerak

Pitssa 280 daraja qizigan pechda tayyorlanishi kerak. Bunday haroratda istalgan taom kuyib ketishi mumkindek tuyulishi mumkin, ammo professional pishiruvchilar uni olovda qancha tutish kerakligini yaxshi biladi.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.