Nima uchun yaxshilab yuvilsa ham ayrim kiyimlarda dog‘ qoladi? Ko‘pchilik yo‘l qo‘yadigan xatolar
Kiyimlar kimyoviy tozalash markaziga olib borilganda odatda dog‘ bilan bog‘liq qanday jarayon o‘tkazilgani haqida so‘raladi. Aksariyat javoblar ijobiy bo‘lishi tabiiy. Albatta, mutaxassis bu haqda to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishi lozim, sababi olib borilgan tozalash ishlari teskari natijani ham berishi mumkin. Shuning uchun ular dog‘larni oziq-ovqat, kosmetika, tibbiy, maishiy va boshqa turlarga ajratadi. Har bir vositadan qolgan dog‘ mato bilan o‘zaro ta’sirlashadi va turli xildagi erituvchilarni talab etadi.
Foto: “Domashniy ochag”Kiyimlarni dog‘ bilan uzoq muddat qoldirish
Ko‘pchilik yo‘l qo‘yadigan eng katta xato. Kiyimdagi har qanday dog‘ni darhol bartaraf etish mumkin, buning uchun vaqtida harakat qilish kerak. Avvalo, biror dog‘ paydo bo‘lgan kiyimni o‘sha zahoti yuvishga odatlanish yoki kimyoviy tozalash markazlariga olib borish zarur. Agar bu kabi kiyim bir hafta davomida yoki undan ko‘proq muddatga dog‘ bilan qoldirilsa, uni bartaraf etish ancha murakkablashadi.
Dog‘larni ishqalash
Dog‘ni ishqalab ko‘rish natijasida mato tolasining ingichkalashib ketgani hamda dog‘ atrofini xiralashganini ko‘rish mumkin. Bu bilan faqatgina kiyim matosi va ko‘rinishga zarar yetkazishi mumkin. Yaxshisi, qog‘oz sochiq yoki toza mato yordamida dog‘li hududni yumshoq harakat bilan tozalash kerak. Ammo qattiq cho‘tka yoki matoni mushtlab ishqalash mumkin emas.
Dog‘larni tozalashni markazdan boshlash
Kiyimga tushgan kichkina dog‘ni uning markazidan tozalash natijasida zararlangan hudud yanada kengayib ketadi. Shuning uchun ham tozalashni ularning chet qismidan boshlash kerak. Har tomondan tartibsiz tozalash esa uni xiralashtirishi bilan birga kengaytirib ham yuboradi.
Dog‘larni issiq suvda yuvish
Hech qachon dog‘ yuzasini issiq suv bilan yuvmaslik kerak. Suv harorati yuqori bo‘lsa, dog‘ni olib tashlash oson kechadi, degan fikr noto‘g‘ri. Sababi yuqori harorat ayrim dog‘larni matoga zichroq joylashtiradi. Iloji boricha dog‘lar o‘rtacha haroratdagi iliq suvda yuvilgani ma’qul.
Oqartiruvchi vositadan foydalanish
Oqartiruvchi vositalar nozik matolarga zarar yetkazishi haqida unutmaslik kerak. Agar kiyim qimmatbaho bo‘lsa, u holda ushbu qarordan voz kechgan yaxshi. Yuqorida aytilganidek, uy sharoitida tozalash imkoni bo‘lgan kiyimlarni maxsus kimyoviy tozalash markaziga olib borgan foydaliroq.
Qimmatbaho kiyimlar ustida layfxaklar olib borish
Ijtimoiy tarmoqlarda kiyimlardagi dog‘ni bartaraf etishning turli xil usulini topish mumkin. Lekin ushbu tajribalarni eski kiyimlar ustida amalga oshirish tavsiya etiladi. Sababi har qanday kiyimdan ham yaxshi natijani kutib bo‘lmaydi. Shuningdek, dog‘larni tirnoq tozalash vositasi, benzin, spirt kabi moddalar bilan tozalab ko‘rishga urinmaslik kerak. Ular mato bilan qanday reaksiya kirishishini faqatgina mutaxassislar yaxshi biladi.
Manba