Xayolingizga ham kelmagani aniq: Maishiy texnikalarni ishdan chiqishiga olib keladigan sabablar
O'qildi: 312
Hali foydalanganingizga ko‘p bo‘lmagan texnik buyumlarning ishdan chiqishi turli, ammo siz xayolingizga ham keltirmagan sabablar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Foto: “Domashniy Ochag”Kir yuvish mashinasi
- Kir yuvish mashinasining ishdan chiqishiga aksariyat hollarda bolajonlarning kichkina paypoqlari va boshqa mayda narsalar sabab bo‘ladi. Barabanga tiqilib qolmasligi uchun kiyimni avval maxsus to‘rli qoplarga keyin esa mashina ichiga soling.
- Liboslarni solishdan avval cho‘ntaklarini tekshirib ko‘rishni unutmang. Mayda detallar, saqich yoki shunga o‘xshash boshqa narsalar kir mashinasining ichiga tushib qolmasligiga e’tibor bering.
- Birdaniga ko‘p kir solmang. Birinchidan yaxshi va toza yuvilmaydi, ikkinchidan bo‘lsa, mato yirtilishi va titilishi mumkin bo‘ladi.
- Mashinaning ichki qismlarini tozalash muhim, ammo bunday vositalardan keragidan ortiq foydalanmaslik kerak. Tarkibida kimyoviy moddalar bisyor bo‘lgani sabab ulardan haddan tashqari ko‘p ishlatish texnikani muddatidan avval buzilishiga olib keladi.
- Kir yuvadigan mashina ichida nam kirlarni qoldirmang, kir yuvish kukun solinadigan konteynerni yuvib, tozalab turing, baraban rezinkasini artishni ham unutmang. Bu mog‘or bosishi va yomon hid paydo bo‘lishining oldini oladi.
- Muntazam ravishda mikroto‘lqinli pech kamerasi devoridagi yog‘larni artib turing. Yog‘ to‘planishi slyuda plastinasi qizib ketishi yoki sirlangan qatlamga zarar yetishiga olib keladi.
- Mikroto‘lqinli pechni faqatgina ichida narsa borligida, biron taom yoki mahsulotni isitish uchungina yoqish kerak. Bo‘sh vaqtida ishlash rejimiga o‘tkazilsa, magnetron ishdan chiqishi mumkin.
- Pech ichiga qo‘yish mumkin bo‘lmagan idish, shuningdek, folga qog‘ozdan foydalanmang. Metall detallar qo‘yilganda pech chirsillaydi.
- Mikroto‘lqinli pechga isitish uchun 50 grammdan kam bo‘lmagan mahsulot qo‘yish kerak. Yengil mahsulot qo‘yadigan bo‘lsangiz yonida bir stakan suv qo‘yishni unutmang.
- Maxsus tuzdan foydaning. U suvni yumshatib, suvni eritadi. Bu mashina uchun muhim sanaladi. Aks holda uning ichki detallari ohakli qorishma bilan qoplana boshlaydi va bu ishdan chiqishiga sabab bo‘ladi.
- Tiqilib qolmasligi uchun ovqatning katta va yirik qoldiqlarini muntazam ravishda tozalashni esdan chiqarmang. Buning uchun rakovinada yuvish shart emas, shunchaki artib tashlansa bo‘ldi.
- Mashina katta, ammo idishlar kam bo‘ladigan bo‘lsa, idishlarni chayish(“opoloskivaniya”)programmasidan foydalaning. Shunda mashina ichida namiqqan hid bo‘lmaydi.
- Idishlarning yaxshi yuvilmasligiga ularning noto‘g‘ri joylangani va programmaning noto‘g‘risi tanlangani sabab bo‘ladi.
Manba
Izoh qoldirish
Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.