Salomatlik Ayollar uchun Dazmol qilishni yoqtirmaydiganlar uchun 7 tavsiya

Dazmol qilishni yoqtirmaydiganlar uchun 7 tavsiya

O'qildi: 350


Dazmol qilishni yoqtirmaydiganlar uchun 7 tavsiya

Dazmol qilish, ayniqsa, ish yoki o‘qishga shoshib turgan kishi uchun eng yoqimsiz va vaqtni oladigan yumush bo‘lib tuyuladi. Ammo ko‘cha-ko‘yda g‘ijim kiyim bilan ham yurib bo‘lmaydi. Quyidagi tavsiyalarga amal qilish orqali esa har ikki masalaga umumiy yechim topsa bo‘ladi.

Foto: “Domashniy ochag”

Yuvilgan kiyimlarni kir yuvish mashinasi ichida qoldirmang

Kiyimlar kir yuvish mashinasidan darhol olinmasa, ular yaxshigina g‘ijim bo‘ladi va dazmol qilish qiyin kechadi. Kirlarni o‘sha zahoti ilishga vaqtingiz bo‘lmasa, kir mashinasidagi maxsus funksiyadan foydalaning. Qolaversa, mashina ichiga bir vaqtning o‘zida ko‘p kir solmang. Yo‘qsa kiyimingiz g‘ijim bo‘lishi hamda matoga ham zarar yetishi mumkin.

Yuvilgan kirlarni yaxshilab silkiting

Yuvilgan kirlarni avvaliga yaxshilab qoqib, keyin qo‘llaringiz bilan tekislab chiqing. Shunda kiyim oson taxlanadi va deyarli g‘ijim bo‘lmaydi.

Mato turini hisobga oling

Yumshoq mato: ipak, neylon singari liboslarni kiyim ilgichga ilish kerak. Sviter va to‘qilgan kiyimlarni esa taxlab, shkafga qo‘ysa ham bo‘ladi.

Paypoqni dumaloq qilib taxlamang

Bu usul paypoq matosining elastikligiga putur yetkazadi va rezinkasi cho‘zilishiga olib keladi. Ularning har birini alohida o‘rtasidan bukib taxlash kerak.

Libos fasonini inobatga oling

Har bir kiyimning matosidan kelib chiqib taxlash kerak. Masalan, jun matoli sviter yoki koftani uzunasiga buklaydigan bo‘lsangiz, o‘rtasiga iz tushib qoladi. Klassik shimlar bilan ham xuddi shunday. Yaxshisi, ularni maxsus qisqichi bor kiyim ilgichga iling.

Kundalik kiyiladigan liboslarni shkafning yuqori qavatida saqlamang

Shkafning yuqori qavatidagi kiyadigan kiyimingizni olmoqchi bo‘lsangiz, qolgan kiyimlar ag‘darilib, g‘ijim bo‘lishi mumkin. Yaxshisi yuqorida mavsumiy bo‘lmagan liboslarni qutiga solgan yoki choyshabga o‘ragan holda saqlang. Kundalik kerak bo‘ladigani esa pastroqda bo‘lsin.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.