Salomatlik Ayollar uchun Behuda xavotirlanish va tashvishlanishga qanday yechim topsa bo‘ladi?

Behuda xavotirlanish va tashvishlanishga qanday yechim topsa bo‘ladi?

O'qildi: 316


Behuda xavotirlanish va tashvishlanishga qanday yechim topsa bo‘ladi?

Hammada kuzatilishi mumkin bo‘lgan ushbu muammodan qutilishga yordam beradigan usullar haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Foto: Freepik

Muammo joningizga tegmagunicha u haqida o‘ylang

Liftga chiqishdan qo‘rqqan odam qo‘rquvini yengmagunicha undan foydalanishga harakat qilishi kerak. Avvaliga qo‘rqinchli tuyiladi, sekin qo‘rquv kamayadi keyin esa charchaysiz. Sizni bezovta qilayotgan muammolar bilan ham xuddi shunday yo‘l tutish kerak. 20 daqiqa davomida u haqida takror va takror o‘ylang, vaqt o‘tganidan keyin sizni bezovta qilayotgan muammo haqida boshqa o‘ylashni ham istamaysiz.

Bundan ham yomonroq bo‘lishi mumkinligi haqida o‘ylang

Qanchalik ko‘p nazorat qilishga urinsangiz qo‘rquv va xavotir kuchayaveradi. Bunday vaqtda bundan ham yomoni bo‘lishi mumkinligi va shunda qanday yakun bo‘lishi mumkinligi haqida o‘ylang. Voqealarning eng qo‘rqinchli oqibatini tasavvur qilganingizda, sizni qiynayotgan narsa unchalik ahamiyatga ega emasligi va behudaga tashvishlanganingizni tushunib yetasiz.

Tabiiy holat deb qabul qiling

To‘satdan nazoratni yo‘qotib, biron ahmoqona ish qilishingiz, atrofdagilar yonida o‘zingizni yo‘qotish mumkinligi xayolingizga kelishi mumkin. Bu holat hamma bilan yuz berishi mumkinligini o‘ylang va tinchlaning. Bu kabi o‘ylardan cho‘chib, o‘zingizni koyimang. Bu miya bilan bog‘liq ekanini esda tutib, yo‘lingizda davom etishdan to‘xtamang.

Soxta vahima

Eshikni yopishni, dazmolni tokdan olish haqidagi xavotirlar shu vaqtgacha asossiz bo‘lib chiqishi, yurak jadallashgan yurak urishi yurak xurujidan darak bermasligi mumkin. Bu shunchaki tananing xavotir va tashvishga nisbatan tabiiy reaksiyasi bo‘lishi mumkin. Buni o‘t o‘chirish mashinasining boshqa joyga oshiqishi bilan taqqoslang va ahamiyatsiz deb bilib, tinchlanishga urining.

O‘zingizni film tomosha qilayotgandek tasavvur qiling

Har qanday vaziyatga tashqaridan turib baho berishga harakat qiling. Tasavvur qiling: bo‘layotgan hodisalarning bari ekranda sodir bo‘lmoqda, siz esa bularning barini kinoteatrda qo‘lingizga pop-korn bilan tomosha qilyapsiz. Bu bir inson hayoti haqidagi film, davomi nima bo‘lishini vaqt ko‘rsatadi.

Bu haqida keyinroq o‘ylab ko‘ring

Aksariyat hollarda xavotirlanishga arziydigan narsa haqida o‘sha vaqtning o‘zida o‘ylashga va bosh qotirishga harakat qilamiz. Band ekanimizda telefonga xabar kelsa, uni qachon bo‘shaganimizda ochib o‘qiganimiz singari xavotirli o‘ylarga nisbatan ham shunday yondashishimiz kerak. Masalan, ertalabdan nimadandir bezovtalansangiz bu haqida o‘ylashga vaqtim bor deb keyinga qoldiring. Vaqt o‘tib xayolingizda kelganida muammo o‘z ahamiyatini yo‘qotadi, kuningiz esa tashvish va xavotirsiz o‘tadi.

Hamma narsani nazorat qila olmasligingizni anglang

Ob-havo ma’lumoti, yo‘ldagi vaziyatni muntazam ravishda kuzatib boradigan, ijtimoiy tarmoqlardagi yoqimsiz post va izohlarini o‘chirib boradigan kishilar boshqarib bo‘lmaydigan narsalarni nazorat qilmoqchi bo‘ladigan kishilar toifasiga kiradi. O‘zingizga bosim qilmang, unutmang hamma narsa nazoratingizda bo‘lishi imkonsiz. O‘z holiga tashlab qo‘ysangiz, ko‘proq ishonchni his qila boshlaysiz.

Nafas oling

Nafas yetishmaganda inson tanasida zo‘riqish kuzatiladi. Nafas olishga e’tibor berish oddiy, ammo tinchlanishga yordam beradigan samarali usul hisoblanadi. To‘g‘ri va to‘yib nafas olishga harakat qiling, havo o‘pkangizni to‘ldirayotganini his qiling.

Muammoni vaqtga tashlang

Qattiq asabiylashish, biron nimadan tashvishlanish vaqtincha ekanini esda tuting. Har qanday qo‘rquv sizni bir umr ta’qib qilmasligi, har qanday muammo bugun yoki erta nihoyasiga yetishi va biroz muddatdan keyin o‘z ahamiyatini yo‘qotishini esda tuting. Sizni bezovta qilayotgan narsa haqida bir hafta, oy yoki yildan keyin nima deb o‘ylashingiz mumkinligi, o‘shanda ham shunchalik muhim bo‘lishi yoki yo‘qligi haqida fikrlang.

Vahima va tashvishlar yashashingizga xalal berishiga qo‘yib bermang

Hammasi o‘tib ketadi, ammo behuda asabiylashganingiz oqibatida uyqusiz tunlar va salomatlik bilan bog‘liq orttirilgan muammolar qoladi. O‘zingizni asosiysi asablaringizni asrang.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.