Salomatlik Ayollar uchun Ta’miga ta’sir qiladi: Tovuq go‘shtini qovurish jarayonida yo‘l qo‘yiladigan 10 xato

Ta’miga ta’sir qiladi: Tovuq go‘shtini qovurish jarayonida yo‘l qo‘yiladigan 10 xato

O'qildi: 281


Ta’miga ta’sir qiladi: Tovuq go‘shtini qovurish jarayonida yo‘l qo‘yiladigan 10 xato

Pishirish jarayonidagi arzimagan kamchilik va xatolar tovuq go‘shtining mazasiga ham ta’sir qilmay qolmaydi.

Foto: “Domashniy Ochag”

Birinchi xato: Bo‘laklarning kattaligi

Go‘sht bo‘lagining usti qizarib pishgan bo‘lsa ham ichi yaxshi pishmay qolishi mumkin. Xom mahsulotni iste’mol qilgandan keyin salomatlikda bir qancha muammolar kuzatiladi.

Ikkinchi xato: Butunligicha qovurish

Hech qachon tovuq go‘shtini butunligicha qovura ko‘rmang. Avval ikki, uch bo‘lakka bo‘lib oling. Shunda ichlari bilan bir xil pishadi.

Uchinchi xato: Namlik

Qizib turgan yog‘ga solib qovurishdan avval tovuq usti nam bo‘lmasligiga e’tibor qarating. Haddan ortiq nam go‘sht unga burkalgan taqdirda ham yaxshi qovurilmaydi.

To‘rtinchi xato: Tovuqni talqon yoki unga ikki karra burkang

Bunda qovurish davomida go‘sht bo‘kib qolgandek pishadi. Bundan qochish uchun quyidagi uslubdan foydalaning:

  • ziravorlar qo‘shib aralashtirilgan talqon yoki unni paketga soling;
  • bo‘laklarga bo‘lingan tovuq soling;
  • paketni yaxshilab yopib, silkiting.
Beshinchi xato: Noto‘g‘ri tanlangan idish

Hatto 100 kishiga tovuq qovurishingiz kerak bo‘lsa ham, uni kastryulka boshqa chuqur idishda pishirmang. Faqatgina tovada qovurish davomida ko‘ngildagidek ko‘rinishga ega bo‘lish mumkin.

Oltinchi xato: Noto‘g‘ri qovurish

Qizib turgan yog‘ga solganda tovuqni teri bilan qoplangan tarafini pastga qarashiga e’tibor bering.

Yettinchi xato: Noto‘g‘ri harorat

Tovuqni tovaga solishdan avval yog‘ yaxshilab qiziganiga e’tibor qarating. Boshida yog‘ning issiqlik darajasi 180 daraja keyinroq esa 140-150 daraja bo‘lishi kerak.

Sakkizinchi xato: Birdaniga hammasini solib qovurish

Bo‘laklarga bo‘lingan tovuqni birdaniga emas, alohida-alohida qovurganingiz yaxshi. Orasida joy bo‘lishi ikkinchi tomonini aylantirishning oson bo‘lishiga yordam beradi. Qolaversa, zich terilgan bo‘lsa yog‘ harorati tushib, tovuqdan suyuqlik ajralishadi va qovurilish o‘rniga bo‘kib pishadi.

To‘qqizinchi xato: Tovaning ustini yopmaslik

Qopqog‘i yopilganda yog‘ning harorati bir maromda bo‘ladi va bu go‘shtning ko‘ngildagidek pishishiga hissa qo‘shadi.

O‘ninchi xato: Darhol dasturxonga tortish

Pishganidan keyin tovuq bo‘laklarini qog‘oz sochiq ustiga terib, tinishini kuting. Bu ichidagi sharbati teng tarqab, usti sovishi uchun kerak.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.