Salomatlik Ayollar uchun Uslub qotillari! Obrazning mukammal bo‘lishiga xalaqit beruvchi 10 ta kamchilik 

Uslub qotillari! Obrazning mukammal bo‘lishiga xalaqit beruvchi 10 ta kamchilik 

O'qildi: 255


Uslub qotillari! Obrazning mukammal bo‘lishiga xalaqit beruvchi 10 ta kamchilik 

Moda tendensiyalarini muntazam kuzatib borish, mashhur do‘konlardan kiyim xarid qilishning o‘zi bilan mukammal tasvir yaratib bo‘lmaydi. Negaligini esa quyida keltirilgan xatolar tufayli bilib olish mumkin.

Foto: “Yana fisti”

Shoshilish

Tunda kech uxlash, ertalab esa uyg‘ona olmaslik natijasida ishga yoki uchrashuvga shoshilish tabiiy holat. Ayniqsa, bunday vaqtda qanday kiyim kiyish haqida odilona qaror qabul qilish lozim. Natijada garderobda qo‘lga ilingani kundalik obraz uchun tanlov bo‘lishi turgan gap. Demak, mazkur kamchilikni oldini olish uchun bir kun avval ob-havo ma’lumoti bilan tanishish, shunga mos kelgan libosni tanlash va dazmol qilib, qulay joyga olib qo‘yish zarur. Shundan so‘ng ertalab kech uyg‘onganda ham shoshilishga hojat qolmaydi.

Boshqalar kabi bo‘lish istagi

Shuni inobatga olish kerakki, barcha inson individual shaxs. Har kim nimasi bilandir boshqalardan farq qiladi. Kiyinish borasida ham shunday. Birovga qarab libos tanlash yaxshi emas. Balki uning qomati va yuz tuzilishi umuman boshqachadir. Asosan libos xususiyatlarini inobatga olish va boshqalar bilan solishtirmaslik tavsiya etiladi.

Kiyimlarni burchakka uloqtirish

Kiyimlar tanlovida barchasini garderobda jamlash ishni birozga bo‘lsa-da yengillashtiradi. Afsuski, shim uchun mos bo‘lgan bluzka tanlashda ham uyning har bir burchagiga murojaat qilishga to‘g‘ri kelsa, bu odatni zudlik bilan yo‘qotish kerak. Sababi tartib har qanday muvaffaqiyatning kaliti. Arzimasdek tuyilishi mumkin, ammo tajribalar natijasi shuni ko‘rsatgan.

Rejasiz xarid

Xaridlarni rejalashtirish juda foydali bo‘lib, odatda to‘satdan sotib olingan narsa uzoq vaqt shkaf burchagi hech qanday kiyim bilan kombinatsiya hosil qilmay turadi. Demak, ishni xaridni rejalashtirishdan boshlash zarur. Do‘konga borishdan avval garderobni ko‘zdan kechirish, nima zarurligi haqida taxminiy rejalar tuzilishi lozim. Bu usul nafaqat keraksiz xaridlardan xalos qiladi, balki pulni ham tejashga yordam beradi.

Kamchilikni yashirish, ammo afzalliklarni ta’kidlamaslik

Aksariyat ayollar kamchiliklarini doimo yashirishga harakat qiladi. Ammo o‘zidagi yutuqlar va betakrorlik haqida o‘ylamaydi. Natijada tasvir bir tomonlama yaratiladi. Kamchiliklarni yashirishdan avval afzalliklarni ham inobatga olish tavsiya etiladi. Masalan, oyoqlari do‘mboq xonimlar uzunroq libos bilan ularni berkitsa, albatta, belbog‘ bilan qomatga o‘zgacha urg‘u berishi mumkin.

Bayramona kiyinish

Har kuni bayramona kiyinishdan ko‘ra oddiy ko‘rinishda bo‘lish yaxshiroq. Aslida uslub ham odatiy narsalardan kelib chiqqan. Shuning uchun har kuni baland poshnali tufli kiyishni ham kundalik odatga aylantirish mumkin. Buning barchasi, albatta, o‘zingizga bog‘liq.

Ortiqcha intilish

Barchasini me’yoridan orttirib yuborish ham bachkanalikka olib kelishi tabiiy. Masalan, o‘ta hashamdor soch turmagi, yorqin va e’tiborni tortuvchi makiyaj, liboslardagi ranglar xilma-xilligi. Bularning barchasini bir vaqtning o‘zida uyg‘unlashtirishning keragi yo‘q. Aslida qancha sodda bo‘lsa, shuncha go‘zal ham bo‘ladi.

Brendga bog‘lanib qolish

Bugunda brend liboslarni kiyish urfga kirgan bo‘lsa-da, bu bilan obrazlar doim ham mukammal bo‘lavermaydi. Yaxshisi, libosning sifati, o‘lchami, o‘zingizga mos kelishi, rangi kabi xususiyatlariga e’tibor qaratish kerak. Natijada nafaqat pulni tejash, balki uslubga ham putur yetkazmaslik mumkin.

Kiyimlarni saqlash

Bu xato yuqoridagi rejasiz xarid qilish bilan chambarchas bog‘liq. To‘satdan sotib olingan kiyim hech narsa bilan uyg‘unlashmagach, shkafning eng yuqorisida yillab turishi mumkin. Balki u yodingizdan ham chiqib ketishi mumkin. Shuning uchun vaqti-vaqti bilan garderobni astoydil tartibga keltirish kerak. Balki o‘sha saqlanib yotgan kiyimlar endilikda mos kelishi mumkin.

Qulaylikdan voz kechish

Odatda ayrim kiyimlar noqulaylik tug‘dirsa-da, undan voz kechish qiyin. Kuni bo‘yi oyoqlarni qisib yuborgan poshnali tuflini kiyishda davom etilaveradi. Bu kabi holatlarni uzoq davom ettirish mumkin. Ammo noqulaylik tashqi ko‘rinishga ham o‘z ta’sirini o‘tkazadi va obrazning mukammalligiga putur yetkazadi.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.