Salomatlik Ayollar uchun Taxtakach va idishlardan baliq hidini qanday qilib ketkazish mumkin? 

Taxtakach va idishlardan baliq hidini qanday qilib ketkazish mumkin? 

O'qildi: 448


Taxtakach va idishlardan baliq hidini qanday qilib ketkazish mumkin? 

Baliq hidining sababi uning go‘shtini tashkil etuvchi oqsillardir. Aniqrog‘i, oqsillarning o‘zi emas, balki ularning parchalanishi, shu jumladan, reaksiyada hosil bo‘lishidir. Shuningdek, baliq ko‘p miqdorda to‘yinmagan yog‘larni o‘z ichiga oladi, ular juda oson oksidlanadi va yoqimsiz hid bilan yog‘ kislotalariga aylanadi.

Foto: “Domashniy ochag”

Baliq hidini qo‘llardan va foydalanilgan boshqa narsalardan olib tashlash masalasini hal qiladigan maxsus kimyoviy moddalar mavjud. Ammo uy sharoitida tayyorlash mumkin bo‘lgan samarali yechimlar ham bor. Ularning samaradorligi sotiladigan vositalardan kam emas va shu bilan birga ekologik jihatdan ancha zararsiz.

Limon kislotasi va limon

Kislotalar, shu jumladan, baliq go‘shti oqsillarining parchalanishini sekinlashtiradi. Shuning uchun, pishirishdan 10 daqiqa oldin limon sharbatini go‘shtga sepish tavsiya etiladi. Shuningdek, ozgina tuz ham. Bu foydali, chunki qovurish paytida kamroq hid keladi, qolaversa, baliq bo‘laklarga bo‘linib ketmaydi.

Bundan tashqari, limon baliq hidini ketkazishi mumkin. Bir bo‘lak limonni qo‘llarga surtish va tabiiy ravishda quritish kerak. Shundan so‘ng, sovuq suv bilan yuvib tashlanadi.

Baliq hidi o‘tirib qolgan narsalar limon kislotasi eritmasida namlanadi va qo‘lda yuviladi. Baliq yog‘i dog‘ini kiyimlardan ketkazish uchun ham limon sharbati surtiladi. Yuvishdan oldin kir yuvish mashinasining chayqash vositasi bo‘limiga 0,5 choy qoshiq limon sharbati qo‘shiladi. Limon kislotasi bilan yuvilgan kiyimlar unga sezgir bo‘lmasligi kerak. Shunda kiyimning shakli va rangi o‘zgarmaydi.

Baliq hidi kelgan idishlar iliq suvli idishga joylashtiriladi, suvga limon sharbati va bo‘laklari qo‘shiladi. Idishlar bu eritmada biroz saqlanadi va keyin sovuq suvda yuviladi.

Iste’mol sodasi

U karbonat kislota va natriyning kislotali tuzi hisoblanadi. U yaxshi gigroskopiklikka ega, bu har qanday hidni yo‘qotishda muhim xususiyatdir. Agar qo‘lni cho‘tka bilan ishqalab, suv bilan yuvib tashlansa, qo‘ldan baliq hidini olib tashlash mumkin. Soda bilan oldindan namlangan kiyimlar kir yuvish mashinasida yuvilib, konditsioner qo‘shilgandan so‘ng baliq hidi yo‘qoladi.

Tuz eritmasi

Tuz eritmasi uyda har qanday hidni, shu jumladan, ko‘pchilikni bezovta qiladigan iforlarni yo‘q qilish uchun ishlatiladi.

Baliq hidi bo‘lgan xonada tuz eritmasi qizdiriladi. Qisqa vaqt ichida yoqimsiz hidning yo‘qolishini sezish mumkin.

Bundan tashqari, qaynatilgan suvda oz miqdorda osh tuzi aralashtiriladi. U yuvilganidan keyin issiq eritma qo‘llardan yoki idishlardan hidni olib tashlaydi.

Sirka

Bu kislotali mahsulot. Uning kislotaliligi oshxonadan kvartira bo‘ylab tarqaladigan baliq hidini minimallashtirishga yordam beradi.

Kir yuvish sovuni

Odatda baliq va plastmassa o‘rtasidagi aloqa ta’sirini olib tashlash qiyin, ammo taklif qilingan usul sinab ko‘rishga arziydi va bu ko‘pincha yordam beradi.

Uning tarkibida gidroksii mavjud. Bu o‘z navbatida, yog‘ kislotalari(hid manbaқi)bilan o‘zaro ta’sir qiladi va ularning ta’sirini zararsizlantiradi. Shu bilan birga, kir yuvish sovuni qanchalik to‘qroq rangga ega bo‘lsa, undagi gidroksidi komponentlarning miqdori shunchalik yuqori bo‘ladi. Shuning uchun quyuq sovun baliq hidini yanada yaxshiroq ketkazadi.

Hid oddiy harakatlar yordamida qo‘llardan chiqariladi: kaftlarni uzoq va yaxshilab ko‘piklash tavsiya etiladi. Kir sovunidan keyin qolgan hid losion yoki krem bilan osongina ketkaziladi.

Kislorodli oqartiruvchi

Iste’mol sodasi va vodorod periksni o‘z ichiga olgan mahsulot. Ushbu komponentlar ochiq rangli kiyimlarda baliq dog‘lariga qarshi kurashda muvaffaqiyatli qo‘llaniladi. Kislorodli oqartirishning asosiy afzalligi — o‘z ichiga olgan moddalarda xlor yo‘qligidir. U boshqa oqartiruvchi preparatlarda bo‘lib, to‘qimalarga zararli ta’sir ko‘rsatadi.

Nashatir spirti va idish yuvish vositasi

Ushbu dorixona eritmasidan har qanday universal yuvish vositasi bilan birgalikda foydalanish baliq dog‘larini 100 foiz yo‘q qilishni kafolatlaydi. Gap shundaki, nashatir dog‘ yuzasida ishqoriy muhit hosil qiladi. Idishlarni yuvish vositasi baliq bilan ifloslangan materiallarning yuzalaridan reaksiyaga kirishgam dog‘larni tozalaydi.

 



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.