Soch quritishda foydalaniladigan oddiy fenning ko‘pchilikka noma’lum jihatlari
Barchaga soch quritishda yordam beradigan fenlardan boshqa maqsadda ham foydalanish mumkin.
Foto: “Domashniy ochag”Yorliq va stikerlarni yechib olish mumkin
Yorliq yoki stikerlar qandaydir buyum yuzasiga juda qattiq yopishtirilgan bo‘lsa, ularni qo‘l bilan bir tekisda olishning imkoni yo‘q. Bunday vaqtda fen orqali yopishqoq qog‘oz biroz qizdiriladi. So‘ngra yelim elastikligi oshib, uni olib tashlash osonlashadi.
Mebeldagi mumni bartaraf etadi
Agar sham mebel yoki polga tomgan bo‘lsa, fen orqali uni eritib, olib tashlash eng yaxshi usul hisoblanadi. Yumshaguncha mum ham fen bilan qizdiriladi va mato bilan artiladi.
Ko‘rpachani isitadi
Sovuq ob-havoda ko‘rpachalarni yopish yoqimsiz bo‘lsa, ularning yuzasini fen yordamida isitish mumkin. Faqatgina uni qarovsiz qoldirmaslik zarur. Sababi soch quritkichning qizishi natijasida buzilishi va hatto yong‘in kelib chiqishi ham mumkin.
Tirnoqlarni yuqori tezlikda quritadi
Ishga yoki uchrashuvga borishdan avval tirnog‘ini bo‘yaydigan xonimlar lakning tezroq qurishini sabrsizlik bilan kutadi. Shunday vaqtda fen masalaning yechimi bo‘lishi mumkin.
Tor jinsi shimni kengaytiradi
Jinsi matosidagi shimlar yuvilganidan so‘ng avvalgiga qaraganda torayadi. Ularni dastlabki holiga qaytarish uchun fen bilan shimning barcha qismini isitib chiqish zarur.
Yangi poyabzal
Har qanday yangi poyabzal toki oyoqqa moslashgunicha anchagina og‘riq berishi tabiiy. Shunday vaqtda ajoyib usul bilan ushbu muammoni bartaraf etish mumkin. Buning uchun oyoq kiyim ikkita paypoq ustidan kiyiladi va yog‘lanadi. So‘ng poyabzalning oyoqni urayotgan qismiga fen yordamida issiq havo purkaladi. Natijada poyabzal o‘lchami biroz kengayadi.
Sayohat paytida kiyimlarni dazmollash
Sayohat vaqtida dazmolni olib ketish shart emas. G‘ijim bo‘lgan kiyimlarni dush qabul qilish jarayonida yoyib chiqish tavsiya etiladi. Havo bug‘i yordamida g‘ijimi biroz ketgan kiyimlar fen bilan quritiladi. Qarabsizki, kiyimlar dazmol qilingandek ko‘rinishda bo‘ladi.
Muzlatkichdagi muzlarni eritadi
Ba’zida muzlatkichdagi muzlar erishi uchun soatlab vaqt kerak bo‘ladi. Ammo vaqti ziq xonimlar uchun buning ham yechimi bor. Albatta, juda ehtiyotkorlik talab etiladi. Ammo fen bir zumda qalin muzlarni ham erib tushishiga yordam beradi.
Manba