Kartoshka bartaraf qilishga yordam beradigan 10 ta muammo
Kartoshka yordam berishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni e’tiboringizga havola qilamiz.
Foto: “Domashniy ochag”Tova, pichoq va oshxona buyumlaridagi chirklarni ketkazishning eng oson usuli kartoshkadan foydalanish
Buning uchun kartoshkani o‘rtasidan bo‘lib, idish yuvadigan vosita, soda va tuz aralashtirib arting. Kartoshka qaynatilgan suv bilan ho‘llangan sochiq esa kumush, melxior qoshiq va vilkalarni yaltiratadi.
Kartoshkani uzoq vaqt saqlashga yordam beradigan usul
Kartoshka saqlanadigan qopga olma qo‘shib qo‘yilsa, unda ko‘karishlar bo‘lmaydi.
Xom kartoshka ijod qilishga yordam beradi
Kesish oson bo‘lgani uchun ko‘pchilik kartoshkadan matolar va bolalar suratiga print tushirishda foydalanadi.
Singan lampani olishga yordam beradi
Lampa singan ammo metall qismi patronda qolgan bo‘lsa, yarmidan bo‘lingan kartoshka yordamida olishingiz mumkin.
Kartoshka tarkibida kraxmal va C vitamin bisyor bo‘ladi
Aynan shu sabab ham ushbu mahsulot kosmetologik muolajalarda ko‘p ishlatiladi.
Ko‘z ostidagi halqalar
Archilgan kartoshka bo‘lagini 20 daqiqaga ko‘zingiz ostiga qo‘ying. Har kuni takrorlansa, bir haftadan keyin natija seziladi.
Ajinlarga qarshi samara
Qirg‘ichdan chiqarilgan kartoshkadan har kuni yuzingizga niqob qilib 20 daqiqadan keyin yuvib tashlang.
Chandiq
Kartoshka va limon sharbatini aralashtirib yuzga surtilsa bir haftadan keyin ijobiy natija seziladi.
Teriga foydasi
Bodring va kartoshka sharbati aralashmasini yuzga surtish terining ortiqcha yog‘lanishining oldini oladi.
Soch
Qaynatilgan kartoshka suvini xona haroratida sovitib, soch yuvishda foydalanilsa, sochlar qalin va jilokor bo‘ladi.
Oyoq kiyim
Poyabzalga krem surtishdan avval, uni kesilgan kartoshka bilan artilsa, qirilishlar ko‘zga ko‘rinmaydi.
Shuningdek quyidagi tavsiyalar ham yaxshi samara beradi:
- Sho‘r bo‘lib ketgan taom ta’mini me’yorga keltirish uchun kartoshkadan yaxshisi yo‘q.
- Qo‘lda sabzi, lavlagidan qolgan dog‘larni ketkazishda kartoshkadan foydalaning.
- Mebellardagi dog‘larni ham bartaraf qilishga yordam beradi.
- Kartoshka kamin trubalari va pechda qorakuya paydo bo‘lishining oldini olishi mumkin.
Manba