Fen yordamida soch quritishdan tashqari amalga oshirish mumkin bo‘lgan 14 ta layfxak
Fen odatda faqat soch quritish uchungina ishlatiladi. Lekin undan boshqa maqsadlarda ham foydalanish mumkin.
Foto: “Domashniy ochag”Poyabzallarni kengaytirish
Yangi poyabzal juda tormi?Uni qalin paypoqlar bilan kiyib, fen bilan qizdirish kerak. Qurilmani har tomondan kamida 1-2 daqiqa ushlab turish lozim. Oyoq kiyim to‘liq sovib ketguncha yechilmaydi, shunda isitilgan material oyoqqa moslashadi.
Stikerlardan qolgan yelimlarni olib tashlash
Agar yorliq olib tashlangandan so‘ng idish-tovoq yoki mebelda yelim izi qolsa, avval uni fen bilan qizdirib, so‘ng olib tashlashga harakat qilish kerak. Yuqori haroratlarda yopishqoq qatlam yumshaydi va uni oddiy shimgich bilan osongina yuvish mumkin.
Suv dog‘laridan xalos bo‘lish
Nam stakanlar mebelda iz qoldirganmi?Vahima qilishning keragi yo‘q. Buni fen osongina bartaraf etadi. Avval sovuq, keyin iliq havo oqimi yo‘naltiriladi va qurilma dog‘ yo‘qolguncha ushlab turiladi.
Bamperdagi chuqurni yo‘qotish
Ishonish qiyin, lekin ba’zi hollarda avtomobildagi ezilib qolgan joylarni professional ta’mirlashsiz yo‘qotish mumkin. Albatta, bu juda ko‘p vaqt va kuch talab qiladi, lekin natija, albatta, bunga arziydi!
Ko‘zoynaklar bandini sozlash
Ko‘zoynaklar nuqul burundan sirg‘alib ketadimi?Bunga bandning noto‘g‘ri uzunligi aybdor. Agar band plastmassadan yasalgan bo‘lsa, ularni fen bilan maksimal rejimda qizdirib, barmoqlar bilan to‘g‘ri joyga egib, sozlash mumkin.
Ovqat isitish
Bu maslahat, albatta, tez-tez sayohat qiladigan odamlarga yoqadi. Ovqatni isitish kerak bo‘lsa-yu, oshxona yoki mikroto‘lqinli pech topishning imkoni bo‘lmasa, mehmonxonaning fenidan foydalanish mumkin.
Mum izlarini olib tashlash
Soch quritgich yordamida mebeldan mum izlarini tez va oson olib tashlash mumkin. Dog‘ issiq havo bilan qizdiriladi va nam mato bilan artib olinadi.
Ko‘mirni yoqish
Kabob pishirish kerakmi?Bunday holatda haqiqiy professionallar qo‘llaydigan layfxak foydali bo‘ladi. Ko‘mirni fen bilan yoqqandan so‘ng darhol puflash – bu olovni teng ravishda taqsimlashga va barbekyuning barcha chekkalarida barqaror haroratni yaratishga yordam beradi.
Jelatinli tort
Tort yuzasi muz kabi bezatilsa, ajoyib ko‘rinadi. Qandolatchilik biznesida yangilar tajribali oshpazlarning sinovidan o‘tgan layfxaklardan foydalanishi mumkin. Tortning yuqori qismiga krem qo‘llanadi va uni iliq havo oqimi bilan yuzaga tekis taqsimlash mumkin.
Muzlatilgan mahsulotni eritish
Agar muzlatilgan ovqatning faqat bir qismini ishlatish kerak bo‘lsa, ularni muzdan ajratish uchun fen bilan eritish mumkin.
Saqichni olib tashlash
Agar saqich sochga yopishsa, sochlarni yozib tashlash kerak. Ammo qaychidan foydalanishga shoshilmaslik lozim – uni fen bilan olib tashlash mumkin. Saqich issiq havo oqimi bilan oldindan qizdiriladi va mayda tishli taroq bilan taraladi.
Kipriklarni qayirish
Kipriklarni qayirishda ushbu layfxak, albatta, yordam beradi. Soch quritgichdan iliq havo oqimi bilan kiprik qayirgich qizdiriladi va u bilan kipriklar qayirish mumkin, natija kun bo‘yi saqlanib turadi.
Pishiriqlarni qolipdan chiqarish
Kekslarni qolipdan chiqarish qiyin bo‘lsa, uni fen bilan isitish lozim. Bu usul folga yoki pergament qog‘oz qatlami mahsulotlarga yopishib qolganda ham samarali beradi.
Chang bilan kurash
Chang va kirni mato yoki cho‘tka bilan olib tashlab bo‘lmaydigan hollarda fen yordam beradi. Misol uchun, klaviaturaning ishlash muddatini kamida ikki haftada bir marta fen bilan tozalash orqali uzaytirish mumkin. Bu usul kitoblardan changni tozalash uchun ham qo‘l keladi.
Manba