Salomatlik Ayollar uchun Shampun, folga va kir yuvishda kerak bo‘ladigan boshqa 8 narsa

Shampun, folga va kir yuvishda kerak bo‘ladigan boshqa 8 narsa

O'qildi: 427


Shampun, folga va kir yuvishda kerak bo‘ladigan boshqa 8 narsa

Kir yuvishda asqatishi xayolingizga ham kelmagan va darhaqiqat, samara beradigan narsalar haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Foto: Freepik

Og‘iz bo‘shlig‘ini chayishda foydalaniladigan vosita

Kir yuvish mashinasi doimiy ravishda dezinfeksiyalanishga ehtiyoj sezadi. Kir kiyimlar bilan birga apparatning ichiga zamburug‘lar, chang hamda zararli bakteriyalar ham kiradi. Bir zumda zararsizlantirishning eng oddiy usuli uni og‘iz yuvishga mo‘ljallangan vosita bilan chayish hisoblanadi. Buning uchun kir yuvish mashinasining suyuqlik solinadigan qismiga yarim stakan vositadan quying hamda to‘liq siklga yoqib aylantiring.

Folga qog‘ozi

Alyuminiy kiyimlardagi toklanishni kamaytirib, qurishga ketadigan vaqtni kamaytiradi. Yubkangiz yurganda oyoq orasiga kirib qolaveradigan bo‘lsa, keyingi safar yuvish vaqti folga qog‘ozini buklab soling.

To‘qishda ishlatiladigan jun ip

Ba’zi uy bekalarining ta’kidlashiga qaraganda, quritish mashinasiga rangsiz jun ip tashlab qo‘yilsa, choyshab ancha yumshoq bo‘lib qoladi. Ammo ushbu tavsiya faqatgina och rangli choyshablardagina ish berishini unutmaslik kerak.

Muz

Quritish jarayonidan keyin kiyimlarda iz va buklanishlar paydo bo‘lib qolmasligi uchun jarayonda bir necha bo‘lak muz solib qo‘yish tavsiya qilinadi. Shuningdek, bu vaqtda katta miqdorda choyshab solmang. Bitta sikl uchun 2-3 ta choyshab solish yetadi.

Efir yog‘i

Efir yog‘idan qimmat konditsioner o‘rnida foydalansa bo‘ladi. Kir yuvish mashinasiga bir necha tomchi efir yog‘i solib qo‘ying va qarabsizki, kiyimlaringizdan yoqimli ifor taralishiga guvoh bo‘lasiz.

Chovli

Nozik matodan tikilgan choyshablarga zarar yetkazmasdan turib suvidan qutulish qilish uchun chovlidan foydalansa bo‘ladi. Suv bir zumda oqib ketadi, shundan keyin odatiy quritsangiz bo‘ladi.

Qahva va choy

Qahva va choy to‘q rangli matodan tikilgan narsalarning ilk ko‘rinishini qaytarishga yordam beradi. Buning uchun chayish jarayonida mashinaning suyuqlik quyishga mo‘ljallangan qismiga ikki stakan damlangan qahva yoki choy qo‘shing. Yo bo‘lmasa, suvga qo‘shilgan qahva va choyli aralashma solingan tog‘oraga ivitib qo‘ying.

Kir va bo‘yoqlarda yaxshi samara beradigan usul

Och va rangli choyshablarni qo‘shib yuvish mumkin. Faqat buning uchun soda qo‘shilgan bir stakan suv kerak bo‘ladi. Matoni sodali aralashmaga solib ivitib oling, keyin esa qurishini kuting. Ushbu matoni rangi chiqishi mumkin bo‘lgan kiyimlar bilan qo‘shib mashina ichiga soling.

Soch uchun konditsioner

Issiq suvga soch uchun konditsionerdan 0,25 stakan qo‘shing. Kiyimni unga solib 20-30 daqiqaga ivitib qo‘ying. Keyin odatiy usulda yuvib tashlang.

Shampun

Shampun va idish yuvishga mo‘ljallangan vosita aralashmasi bilan bir zumda kiyimning yoqasi, ya’ni bo‘yin qismidagi kirni bartaraf qilsa bo‘ladi. Buning uchun shampun surtib 15 daqiqaga qoldirish kerak bo‘ladi. Keyin yaxshilab issiq suvda yuvib tashlash mumkin.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.