Salomatlik Ayollar uchun Qaychini charxlash, kumush buyumni tozalash: Folga qog‘ozi ish beradigan 9 vaziyat

Qaychini charxlash, kumush buyumni tozalash: Folga qog‘ozi ish beradigan 9 vaziyat

O'qildi: 392


Qaychini charxlash, kumush buyumni tozalash: Folga qog‘ozi ish beradigan 9 vaziyat

Deyarli barchaning uyida bo‘ladigan folga qog‘ozidan siz xayolingizga keltirmagan maqsadlarda ham foydalansa bo‘ladi.

Qaychini charxlang

Qaychi o‘tkir bo‘lishi uchun, taxminan to‘rt qatlam qilib bukilgan folga qog‘ozini kesib chiqing. Qancha ko‘p kesilsa, shuncha yaxshi. Lekin odatda 7-10 marta takrorlash kifoya qiladi.

Oshxonadagi “voronka” o‘rniga folgadan foydalaning

Suyuqlikni darhol og‘iz qismi ingichka idishga solishingizga to‘g‘ri kelsa va yoningizda “voronka” bo‘lmasa, folgadan foydalanishingiz mumkin. Bir necha marta aylantirib, konus shaklida bir qismini ingichka bo‘lishiga e’tibor bering.

Sabzavotlarni barra holda saqlang

Bananlar tez yomon bo‘lib qolmasligi uchun xariddan keyin ularni folga qog‘ozga o‘rab qo‘ying. Bu mevalarni kamida ikki hafta yaxshi ahvolda turishiga yordam beradi. Shuningdek, ko‘katlar va karamni irib qolishining oldini olish uchun folgadan foydalanish tavsiya qilinadi.

Kiyimlarga chang yopishishini oldini oling

Kir yuvish mashinasi ichiga bir nechta g‘ijimlangan folgali sharchalar tashlang. Bu matolarni “toklanishining” oldini olishga yordam beradi. Natijada yuvilgandan keyin kiyimlarga chang va soch tolasi yopishib qolmaydi.

Yog‘ solishda foydalaning

Yog‘ni solganda bilmasdan ko‘p solinib ketish holati ko‘pchilik uchun yangilik emas. Buning oldini olish uchun yog‘ solingan idish og‘ziga folga qog‘oz tuting, ip bilan mahkamlang. Sanchqi yordamida bir nechta teshik hosil qiling. Qarabsizki, yog‘ning me’yorda solinishiga sabab bo‘ladi.

Dazmol qilishga kamroq vaqt sarflang

Dazmol stoliga kiyimdan avval folga qog‘ozi qo‘ying. Bunda matoning har ikki tomoni tekislanadi. Asosiysi, kiyim tekis qo‘yilganiga e’tiborli bo‘ling.

Grilni tozalang

Barbekyu pishirgandan keyin grilni tozalash oson bo‘lmaydi. Bunday vaziyatda sovishini kutmasdan g‘ijimlangan folgali sharchalar bilan panjaralarni ishqalang. Kuymaslik uchun esa sharchani oshxonada foydalanadigan qisqich bilan ushlang.

Pirog kuyishini oldini oling

Qumoq-qumoq xamirdan tayyorlangan pirog pishish davomida kuymasligi uchun maxsus idish ustini folga qog‘ozi bilan qoplang. Chetlari ham yaxshilab yopilganiga e’tibor bering.

Kumush buyumni yaltiratishda foydalaning

Kumush buyumlar avvalgidek yaltirashi uchun ularni tuz va sodali aralashma hamda folga bilan tozalang. Chuqurroq idishga folgani solib chetlarini qayiring. Uning to‘rtdan bir qismi miqdori issiq suv soling. Yarim stakan soda va yana shuncha tuz qo‘shing. Yaxshilab aralashtirgandan keyin kumush buyumni 10-15 daqiqaga solib qo‘ying. Olgandan keyin yumshoq latta bilan artib tashlang.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.