Salomatlik Ayollar uchun Tartibga keltiramiz: Garderobda faqat kerakli kiyimlar qolishi uchun 4 tavsiya

Tartibga keltiramiz: Garderobda faqat kerakli kiyimlar qolishi uchun 4 tavsiya

O'qildi: 302


Tartibga keltiramiz: Garderobda faqat kerakli kiyimlar qolishi uchun 4 tavsiya

Garderobning to‘lib-toshgani undagi hamma libos kiyilishini bildirmaydi. Keraksiz kiyim-kechaklar bekorga joy olib yotmasligi uchun asqatadigan maslahatlar bilan bo‘lishamiz.

Foto: Freepik

Shkafdagi hamma narsani olib, kerak-keraksizga ajrating

Shkafdagi hamma — ro‘moldan tortib shimgacha bo‘lgan kiyim-kechaklarni oling va ularni sizga qanchalik kerakligi, so‘nggi yillarda kiydingizmi yoki yo‘q, sizning kiyinish uslubingizga qanchalik mos tushishi haqida o‘ylab ko‘ring.

Tartibga keltiring

Kerak-keraksizga ajratganingizdan keyin kiyimlaringiz avvalgidek ko‘p bo‘lmaydi. Ko‘ylak, bluzka, kurtka va g‘ijim bo‘lishi mumkin bo‘lgan boshqa kiyimlarni kiyim ilgichga iling. Qolganlarini taxlab, polkaga yoki qutilarga joylang. Keragini tanlash oson bo‘lishi uchun rangini moslab taxlang.

Yuving va dazmollang

Sevimli libosingiz sizga uzoq xizmat qilishi uchun to‘g‘ri yuvish va dazmollash ham muhim sanaladi.

Berib yuboring

Kiymaydigan, ammo ahvoli yaxshiligidan tashlab yuborishga kishining ko‘zi qiymaydigan kiyim-kechaklarni, yaxshisi, boshqalarga berib yuboring.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.