Salomatlik Ayollar uchun Yuz, teri va sochlarni ultrabinafsha nurlaridan himoya qilish uchun 12 tavsiya

Yuz, teri va sochlarni ultrabinafsha nurlaridan himoya qilish uchun 12 tavsiya

O'qildi: 242


Yuz, teri va sochlarni ultrabinafsha nurlaridan himoya qilish uchun 12 tavsiya

Yoz mavsumida, ayniqsa, har qachongidan ham dolzarb bo‘lgan muammoga yechim topishga yordam beradigan tavsiyalar bilan bo‘lishamiz.

Foto: Freepik

Ayamang

Quyoshdan himoya qiladigan kremni ayayman deb, kam miqdorda foydalanish eng ko‘p tarqalgan xatolardan biri sanaladi. Ortiqchasining keragi yo‘q, samarali himoya uchun tanga kattaligidagi hajmda krem surtsangiz bo‘ladi. Tarkibidagi kimyoviy filtr “ishga tushib”, krem ta’sir qilishi uchun uni ko‘chaga chiqishdan 20 daqiqa avval surting.

Yozuviga e’tibor qarating

UVB va UVA-nurlardan yaxshi himoya qilishi yozilganiga e’tibor qarating. Yildan yilga yangi kosmetik vositalar taqdim qilinmoqda. Masalan, bir necha yillar avval nam teriga surtish mumkin bo‘lgan yangi vosita taqdim qilingan bo‘lsa, endilikda yaltiratib qo‘ymaydigan variantlar taqdim qilindi.

Sumkangizda zarur kosmetik vositalarni olib yuring

Burun va yuzdagi qizarishlarga alohida e’tibor berish kerak. Terining aynan mazkur sohalari yog‘li hisoblangani sabab ham kosmetik stik(kremli kompakt kosmetika)larni birga olib yurish kerak.

Himoyalanishni unutmang

Ob-havo qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, SPF-kremlardan foydalanishni kanda qilmang. Yozning bulutli kunlarida A spektrining nurlari, ayniqsa, xavfli bo‘lib, jiddiy kasalliklarni keltirib chiqaradi va terining qarishiga olib keladi.

Shifokor bilan maslahatlashing

Qon bosimini tushiradigan, gormonal hamda antibiotik dorilar to‘qimalarning quyosh nuridan kuyishigata’sirchanligini oshiradi. Issiq o‘lkalarga ketayotgan va shu bilan birga dori vositalarini qabul qilayotgan bo‘lsangiz, maksimal SPF-kremlarni tanlang.

Terini tinchlantiring

Ba’zida yuz qizil dog‘lar bilan qoplanadi. Bu kuyish emas, ultrabinafsha nurlarga nisbatan spesifik reaksiya ─ mikroyallig‘lanish hisoblanadi. Uni bartaraf qilish uchun kechasi toza teriga navro‘zgul yog‘ini surtish kifoya qiladi. Tarkibidagi gamma-linolen kislotasi terining suv qatlamini tiklab, qizarishlar kamayadi.

Tana haqida qayg‘uring

Issiq urganda yoki urish arafasida ekanida salqin ichimliklar yaxshi yordam berishi mumkin. Ichimlikni ichish yoki uning bankasini bo‘yinning orqa qismiga qo‘yish kerak. Qon aylanishida muhim rol o‘ynagani sabab ham aynan shu sohaga qo‘yish tavsiya qilinadi.

Termal suvdan foydalaning

Teri uchun samarali ekani sabab ham nafaqat yuz, balki tana uchun ham termal suvdan foydalanish kerak. Uning bir qismi shu zahoti singib, qon haroratini pasaytiradi va sepilgan sohani namlantiradi. Puls o‘lchanadigan tana qismlari: bo‘yin, tizzaning orqa qismi, bilaklarning ichki qismiga sepish tavsiya qilinadi.

Kuyishdan to‘g‘ri davolaning

Kuygan tana qismini sovuq dush, sovuq kompress yordamida soviting. So‘ngra kuygan joyga bitiradigan va terining himoya qatlamini tiklaydigan, tinchlantiradigan, yallig‘lanishning va dog‘ bo‘lib qolishining oldini oladigan vositalar qo‘ying. Bunday vositalar aksariyat hollarda pantenol va termal suvni o‘z ichiga oladi. Kuygan to‘qimalar haroratning sekin tushishiga sabab bo‘lishi mumkinligi uchun maz va prisipkalardan foydalanmang. Og‘riqni kuchaytirishi mumkinligi uchun odekolon va spirtdan ham foydalanish tavsiya qilinmaydi.

Pilingni yodingizdan chiqaring

Tinchlanganidan keyin terining po‘st tashlashi kuzatiladi. Bu vaqtda piling qilish esa vaziyatni yanada og‘irlashtiradi.

Sochlar

Tuz va xlor sabab nafaqat teri, balki sochlar bilan ham bog‘liq muammolar kuzatilishi mumkin. Bunday vaqtda stayling krem yoki soch pomadasidan foydalanish tavsiya qilinadi. Ta’tildan qaytgach esa sochlarning ahvolini yaxshilaydigan va mustahkam qiladigan niqoblardan foydalaning.

Himoyalaydigan spreylardan foydalaning

Sohil yoki hovuzga borishda sochlaringizga UV filtrli sprey seping. Shunda tuz va xlorli suv unchalik salbiy ta’sir qilmaydi. Qaytganingizdan keyin sochlaringizni yaxshilab yuving hamda kosmetik yog‘ surting.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.