Salomatlik Ayollar uchun Dog‘larni ketkazish bo‘yicha va yana kundalik turmushda asqatadigan 15 tavsiya

Dog‘larni ketkazish bo‘yicha va yana kundalik turmushda asqatadigan 15 tavsiya

O'qildi: 328


Dog‘larni ketkazish bo‘yicha va yana kundalik turmushda asqatadigan 15 tavsiya

Kiyim yoki poyabzalga dog‘ tegsa, quyidagi usullarni sinab ko‘rish tavsiya qilinadi.

Foto: Getty Images

Zamsh poyabzal

Zamsh poyabzalingiz loy bo‘lgan bo‘lsa, oddiy idish yuvadigan gubka masalaga yechim bo‘lishi mumkin. Dastlab qattiq tarafi bilan ehtiyot bo‘lgan holda artib ko‘ring. Qoldiqlarini esa qattiq cho‘tka bilan tozalab tashlang.

Yangi chiqadigan yangi jinsi

Tirnoqlaringizga yangi jinsining rangi o‘tayotganini payqasangiz, 1 osh qoshiq tuz va sirka qo‘shilgan sovuq suvga kiyimingizni solib qo‘ying. Bir necha daqiqadan keyin muammo bartaraf bo‘ladi.

Charm oyoq kiyim

Yomg‘irdan keyin charm oyoq kiyimdagi dog‘dan qolgan izlarni ketkazishda sirkali eritmadan foydalansangiz bo‘ladi. Buning uchun suyuqlikni purkagich orqali poyabzalga seping. Keyinroq yumshoq latta bilan artib tashlang.

Shimdagi zamok yopilmasa

Yopilmay qolgan zamok bo‘ylab soch lakini sepib chiqing. Keyin darhol yopishga harakat qiling. Birozdan keyin muammo o‘z yechimini topganiga guvoh bo‘lasiz.

Kolgotka

Kolgotkada tortilib qolish yoki uncha katta bo‘lmagan chiziq kuzatilsa, o‘sha joyga soch lakini sepish tavsiya qilinadi. Bu kechgacha choklar so‘kilib ketmasligini ta’minlaydi.

Qizil vinodan qolgan dog‘

Qizil vinodan qolgan izni yuvish vositalari bilan ketkazish qiyin, lekin oq vino bilan dog‘ni neytrallashtirsa bo‘ladi. Shundan keyin hech ikkilanmasdan kir yuvadigan mashina ichiga solishingiz mumkin – dog‘dan asar ham qolmaganiga guvoh bo‘lasiz.

Namiqqan poyabzal hidi

Yomg‘ir yoki boshqa sabab bo‘lin ho‘l bo‘lgan oyoq kiyimdan yoqimsiz hid anqishi hech kimga sir emas. Bunday vaziyatda poyabzalni quritib keyin muzlatkich ichiga bir kunga qo‘yish tavsiya qilinadi. Agar bu ish bermasa, ichki qismini vodorod peroksidi bilan artib ko‘ring. Ammo bundan avval suyuqlikni poyabzalning ko‘zga tashlanmaydigan qismida sinab ko‘ring.

Dezodorantdan qolgan dog‘

Qora kiyimda dezodorantdan qolgan oq dog‘ni nam salfetka bilan artib ko‘ring.

Kosmetik vositalaridan qolgan iz

Kiyimlardagi kosmetik vositalaridan keyin qolgan dog‘ ustiga erkaklar soqol olishda foydalanadigan krem surtib bir necha daqiqaga qoldiring. Keyin esa nam salfetka bilan artib tashlang.

Qahva do‘g‘i

Kiyimga qahva to‘kilishi bilan o‘sha qismga tish yuvish pastasini surtib qo‘ying. Bu dog‘ni butkul ketish imkonini ko‘paytiradi.

Dezodorantdan qolgan sariq dog‘

Oq kiyimlardagi dezodorantdan keyingi sarg‘ayishni ichimlik sodasi va tish yuvish pastasi qo‘shilgan aralashma bilan bartaraf qilsa bo‘ladi. Buning uchun kiyimning o‘sha qismiga aralashmani surtib 10-15 daqiqaga qoldirish kerak. Shundan keyin shunchaki yuvib tashlashning o‘zi kifoya.

Saqich

Yopishib qolgan saqichni qo‘l bilan olib tashlashga urinmang. Ustiga 20-25 daqiqa turishi uchun muz bo‘lagi qo‘ying. Keyin pichoq bilan qirib tashlasangiz bo‘ladi.

Kuyadan keyin qolgan teshik

Kuya tushganidan keyin sevimli sviteringizdagi teshiklarni qiziqarli “applikatsiya”lar bilan bezang. Oy, quyosh, naqsh, yoki ko‘z va lablarni boshqa matoda tikib ustini tosh hamda patlar bilan bezasangiz bo‘ladi.

Terlagandan keyin qolgan dog‘

Kiyimdagi terlagandan keyingi dog‘ni ketkazish uchun limon sharbatidan foydalaning. Ammo matoning limon kislotasiga sezuvchanligini tekshirib ko‘rishni unutmang.

Oyoq kiyimni oqartirish

Sport poyabzalining tag qismi avvalgidek oppoq bo‘lishini istasangiz, uni lak o‘chiradigan suyuqlik bilan artib ko‘ring. Ichimlik sodasi qo‘shilgan tish yuvish pastasi ham bu borada yaxshi samara beradi.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.