Salomatlik Ayollar uchun Konditsionersiz mashina egalariga issiq kunlarda asqatadigan 5 tavsiya

Konditsionersiz mashina egalariga issiq kunlarda asqatadigan 5 tavsiya

O'qildi: 378


Konditsionersiz mashina egalariga issiq kunlarda asqatadigan 5 tavsiya

Turli sabablarga ko‘ra avtomobilida konditsioneri yo‘q yoki ishlamaydigan haydovchilar issiqdan qanday himoyalanishi mumkinligi haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Foto: Getty Images

Konditsioner ishlatish o‘rniga oynani ochib yurish mumkinligi hech kimga sir emas. Qancha tez yurilsa, shuncha ko‘p shabadani his qilish mumkin bo‘lib, shu bilan birga, yonilg‘i odatdagidan ko‘proq sarflanadi. Bundan tashqari, salonda shovqin ko‘proq eshitiladi va tashqaridagi chang va hasharotlar havo filtrini chetlab o‘tib, to‘g‘ri o‘pkangizga boradi. Haydovchining ko‘ziga chang, qum va hasharotlardan biri kirishi ehtimoli ham yuqori bo‘ladi va bu, tabiiyki, transportni boshqarish davomida chalg‘ishga olib keladi. Katta tezlik bilan oynani ochib yurganda nafaqat haydovchi, balki yo‘lovchining bo‘yni, yelkasini shamol “urishi” ham mumkin bo‘ladi. Aynan shu sabab ham konditsioner ishlamayotgan bo‘lsa va mashina salonida bir o‘zingiz bo‘lsangiz, orqa tarafdagi oynani ochib qo‘ying. Bu orqali siz shamollash va ko‘zga chang kirishi ehtimolini kamaytirgan bo‘lasiz.

Mashina qizib ketmasligiga e’tibor qarating

Konditsioner ishlamayotgan bo‘lsa, mashina issiqda qolib ketmasligiga diqqat qiling. Salqin va daraxt soyasining tagida to‘xtashga harakat qiling. Avtog‘ilofdan foydalanish ham yaxshi samara beradi.

Oynalar uchun maxsus termoplyonkadan foydalanish mumkin

Atermal plyonka “tonirovka”ning bir turi bo‘lib, ultrabinafsha nurlaridan himoya qiluvchi “adgezion” va infraqizil nurlarni o‘ziga olishga mo‘ljallangan metall bilan qoplangan qatlamlardan iborat. Odatiy “tonirovka”dan farqli ravishda atermal variant quyosh nurlarini to‘liq o‘tkazmay qo‘ymaydi. Tabiiyki, sifatli atermal plyonkalarda hech qanday cheklanishlar bo‘lmasligi mumkin. Eslatib o‘tamiz, texnik reglamentga ko‘ra, orqa(lobovoy)va old oynalarning yorug‘likni o‘tkazishi 70% dan kam bo‘lmasligi kerak. Odatiy klassik “tonirovka”dan ham foydalansangiz bo‘ladi. U ham quyosh nurlarini salon ichiga to‘g‘ridan to‘g‘ri kirishidan himoya qiladi.

Qo‘shimcha ventilyatordan foydalaning

Quyosh batareyasi yoki bort “rozetka”sida ishlaydigan ventilyator salonni salqinlashtirishga oz-moz hissa qo‘shishi mumkin. Oynalar qisqa vaqtga ochilsa, qo‘shimcha ventilyator qizdirilgan mashinadan issiq havoni tezda chiqarishga yordam beradi. Qolaversa, portativ konditsioner ham yaxshi samara beradi.

Zarur choralar

Konditsioneri ishlamaydigan haydovchilar nam sochiqni bo‘yniga yoki isitgich deflektorlari ustiga tashlab qo‘yish kerakligini yaxshi biladi. Bu usul yordam beradi, albatta, ammo samarasi qisqa vaqt bo‘ladi. Jaziramada sochiq qurib qoladi va uni tez-tez namlab turishga to‘g‘ri keladi. Issiq haroratda mashina haydashda och kiyimlar masalan, shorti va futbolka kiyish tavsiya qilinadi. Shuningdek, salondagi yuqori harorat bilan kurashishning osonlashishi uchun poyabzalni yechib olish yoki shippak kiyish kerak. Soch va quloq supralarini muntazam ravishda suv bilan namlab turish ham yordam berishi mumkin.

Xalqona usullar

Mashinaga sovuq suv va latta solib qo‘yib, vaqti-vaqti bilan rul, o‘rindiq hamda salonning boshqa charm bilan qoplangan elementlarini artib turish tavsiya qilinadi. Natijada yuzalardagi issiqlik 5-10 darajaga pasayadi. Sublimatsiya jarayonida kislorodni siqib chiqarib, bo‘g‘ilishga olib kelishi mumkinligi sabab salonni salqinlashtirish uchun muzdan foydalanish tavsiya qilinmaydi.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.