Uydagi vaqti-vaqti bilan almashtirib turish kerak bo‘lgan 10 buyum
Siz-u biz tashlab yuborish yoki almashtirish xayolga ham kelmaydigan buyumlarning ham yaroqlilik muddati bo‘lishi mumkin.
Idish yuvadigan gubka
Qancha ko‘p foydalanishingizdan qarab har 2-8 haftada gubkalarni almashtirib turish kerak bo‘ladi. Bakteriyalar to‘planmasligi uchun ularni haftada bir marotaba dezinfeksiya qilish kerak. Buni mikroto‘lqinli pech yoki idish yuvadigan mashinada amalga oshirsa bo‘ladi.
Ziravorlar
Quritilgan ziravorlar ko‘rinishidagi ziravorlarni yilda bir marta yangilab turish kerak. Quruq, maydalangan ziravorlarni 2 yil, murch va kardamonlarni esa 4 yilgacha saqlash kerak.
Kosmetika
Ko‘zga infeksiya tushishini oldini olish uchun tush va podvodkalarni har 3 oyda, pudra, rumyana va tenni yilda, suyuq tonal krem va pomadani bo‘lsa bir yilda bir marta almashtirish kerak.
Tish yuvish cho‘tkasi
Stomatologlar tish yuvish cho‘tkalarini har 3 oyda, implant yoki “koronka”lari bo‘lganlarga esa har ikki oyda almashtirishni tavsiya qiladi.
Suv filtri
Suv tozalash tizimidan foydalansangiz filtrni almashtirish muddatini o‘rnatishni esdan chiqarmang.
Vitamin va dori vositalari
Hech bo‘lmasa yilda bir marta dori qutingizdagi dori vositalarini yaroqlilik muddatini tekshirib turing.
O‘t o‘chirgich
Turiga qarab o‘t o‘chirgichlarning yaroqlilik muddati 4 yildan 10 yilgacha bo‘lishi mumkin. Qolaversa bir yoki ikki yilda bir marta uni tekshirib turish kerak bo‘ladi. Buning uchun undagi ko‘rsatkichni tekshirish kerak bo‘ladi. Strelka yashilni ko‘rsatsa hammasi joyida bo‘ladi.
Hojatxonani tozalashda ishlatiladigan cho‘tka
Tabiiyki, bunday cho‘tkaning yaroqlilik muddati bo‘lmaydi. Ammo u haddan ortiq kir bo‘lsa o‘ylab o‘tirmasdan tashlab yuborish va yangisini xarid qilish kerak.|
Yostiqlar
Yostiqlarni har 2-4 yilda almashtirish kerak. Vaqt o‘tishi bilan yostiqlar ko‘plab bakteriya va o‘lik teri hujayralari to‘planadi. Teridagi yog‘ va terni o‘ziga olib bora-bora shaklini yo‘qotadi. Oqibatda bosh, bo‘yin, bel og‘rig‘i paydo bo‘ladi, uyqu sifatsiz bo‘ladi.
Kontakt linzalarning idishlari
Ko‘zga infeksiya tushishini oldini olish uchun nafaqat linzalar saqlanadigan idishdagi suyuqlikni, balki konteynerni o‘zini ham har 3 oyda almashtirib turish kerak.
Manba