Salomatlik Ayollar uchun Bolaning xotirasini yaxshilashga hissa qo‘shadigan 4 usul

Bolaning xotirasini yaxshilashga hissa qo‘shadigan 4 usul

O'qildi: 404


Bolaning xotirasini yaxshilashga hissa qo‘shadigan 4 usul

Farzandingizning eslab qolish qobiliyati yaxshilanishi uchun yordam beradigan tavsiyalarni e’tiboringizga havola qilamiz.

Foto: “Domashniy ochag”

Xotira va diqqatni qanday rivojlantirish mumkin?

Qiziqarli bo‘lgan narsalar esda qoladi. Bolaga mavzuga doir qo‘shimcha ma’lumot — fakt, foto va videorolik topishga yordam bering.

Individual yondashuv

Bolaga ma’lumotlarni eslab qolish uchun mnemonika texnikasi: sxemali suratlar, solishtirish, qisqartmalar, taqqoslashlar, shuningdek, qofiyalar bilan eslab qolishiga yordam bering.

Stressli sharoit bolaning eslab qolish imkoniyatlarini kamaytiradi

Yaxshisi, bola ma’lumotni qanday yaxshiroq qabul qilishi — ko‘rish, eshitish va bog‘lab eslab qolishiga e’tibor qaratish, shundan kelib chiqib yo‘l tutish kerak. Birgalikda mashq qiling: hafta davomida yuz bergan hodisalarni muhokama qiling, o‘qigan kitobingizdagi parchalarni aytib bering, hafta davomida bir marta qisqa she’r yodlang.

O‘yin bilan bolaning xotirasini qanday rivojlantirish mumkin?

Bolalarning eslab qolish qobiliyati va diqqat qilishini yaxshilaydigan bir qancha stol o‘yinlari mavjud. Hafta davomida bir kechani oilaviy stol o‘yinlarini o‘ynashga bag‘ishlang. Xotira uchun samarali hisoblangan o‘yinlardan biri Memory hisoblanadi. O‘yindan maqsad — ko‘proq juft kartochkalarni yig‘ish hisoblanadi. Avvaliga hamma kartochkalar aralashtirilib, ixtiyoriy ketma-ketlikda taxlab chiqiladi. O‘yinchilar ikkita istalgan kartochkani o‘giradi va keyingi harakatlari davomida ularning joylashuvini eslab qolishi kerak bo‘ladi.

Avvaliga bola buning uddasidan chiqa olmasligi mumkin, shu sabab qiziqtirib, biroz yordam bering. Bolangizning sevimli multfilmidagi qahramonlari surati tushirilgan kartochkalarni tanlang. Har bir raundda natijalar avvalgisidan yaxshiroq bo‘laveradi. Hatto bora-bora farzandingiz eslab qolish bo‘yicha sizni ortda qoldirishi mumkin bo‘ladi.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.