Salomatlik Ayollar uchun Suvaraklarni o‘ziga jalb qiladigan 5 mahsulot

Suvaraklarni o‘ziga jalb qiladigan 5 mahsulot

O'qildi: 299


Suvaraklarni o‘ziga jalb qiladigan 5 mahsulot

Suvaraklar yilda ikki marta: qish va yozda ko‘payadi. Uyingizda ushbu hasharotlar ko‘paymasligi uchun esa ayrim mahsulotlarni stol ustida ochiq qoldirmaganingiz yaxshi.

Foto: Getty Images

Pishloq

Mutaxassislarning ma’lum qilishicha, suvaraklarni ushbu mahsulotning barcha turi qiziqtiradi. Aynan shu sabab ham yoz kunlari stol ustida pishloqli non qoldirish tavsiya qilinmaydi.

Meva va sabzavotlar

Jaziramada meva va sabzavotlarni muzlatkichdan tashqarida saqlamagan yaxshi. Birinchidan, aynib qoladi, ikkinchidan esa suvaraklarni o‘ziga jalb qilmay qolmaydi.

Ichimliklar

Ichimliklar, ayniqsa, kvas va pivoning hidi suvaraklarni o‘ziga chorlaydi. Ushbu hasharotlarni yo‘qotish qiyin ekani sabab paydo bo‘lishiga sharoit yaratmaslik, yaxshisi muzlatkichda saqlash kerak.

Shirinliklar

Shirinliklar nafaqat siz-u biz, balki suvaraklarning ham jon-u dili. Shu sababdan ham uy, ayniqsa, oshxonani tez-tez tozalab turish, ushoqlar to‘kilib yotmasligiga e’tibor qaratish kerak. Do‘kondan suvaraklarni bartaraf qiladigan dori vositasi qidirib yurgandan ko‘ra supurgini doimgidan ko‘proq ishlatish kerak.

Go‘sht

Suvaraklar, shuningdek, yog‘li, qovurilgan va dudlangan go‘sht hidi ham jalb qiladi. Bu bir bo‘lak go‘sht, tovuq yoki oddiy kolbasa bo‘lishi mumkin.

Bundan tashqari, ushbu hasharotlar metall va plastiklardan tashqari, qog‘oz, sovun, kosmetik vosita ham qiziqtirishi mumkin. Ba’zida ular uydagi o‘simliklar bilan ham oziqlanadi. Suvaraklar nam joyda va yuz kunlari ko‘p qavatli uylarda ko‘payadi. Ularni bartaraf qilish uchun kirib kelishi mumkin bo‘lgan ventilyatsiya yo‘llarini to‘r bilan to‘sish kerak.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.