Sut mahsulotlari nima uchun ayniydi va bunday vaziyatda nima qilish kerak?
Ayniqsa, yoz kunlari bir zumda aynishi mumkin bo‘lgan sut mahsulotlarini xarid qilishda e’tiborli bo‘lish va to‘g‘ri saqlash kerak.
Foto: “Domashniy ochag”O‘ramdagi nuqson
O‘ramni yaxshilab ko‘zdan kechiring, teshigi borligi, ichiga havo kirgani mahsulotning aynishiga sabab bo‘la oladi. Do‘kon peshtaxtasidagi pachoq smetana stakanlari, ochilgan joyi bor sariyog‘ hamda sut mahsulotlarini xarid qilmang. Uyda saqlaganda mahkam yopilganiga e’tibor qarating. Sovitkichda ikki kundan ko‘proq saqlamoqchi bo‘lsangiz, qopqoqli yoki klapanli variantlarga e’tibor qarating. Bu o‘ramni qirqib saqlagandan ko‘ra ishonchliroq va to‘g‘riroq bo‘ladi.
Ishlab chiqarish va saqlash texnologiyasida muammo
Bunday vaziyatda hech nima qila olmasligingiz mumkin. Ammo aksariyat hollarda yirik ishlab chiqaruvchi kompaniyalar tomonidan taqdim qilingan mahsulotlarda bu kabi muammo kamdan-kam uchraydi. Shuni inobatga olgan holda sut mahsulotlarini saqlash imkoni bo‘lmagan joylardan xarid qilish tavsiya qilinmaydi. Muzlatkich-vitrinali, sotuvchilari gigiyena qoidalariga rioya qiladigan do‘kon yoki bozordan xarid qilganingiz yaxshi. Sertifikatlanmagan sut mahsulotlarini xarid qilganda, dizenteriya, sil, salmonella infeksiyasini yoki hayot uchun xavfli bo‘lgan boshqa kasalliklarni yuqtirib olishingiz xavfi yuqori bo‘ladi.
Uyda noto‘g‘ri saqlash
Oshxona stolida pishloq, tvorog, sut yoki boshqa sut mahsulotlarni bir necha soatga ochiq qoldirish ularning aynishiga sabab bo‘lishi mumkin. Uyda harorat issiq va turli patogen bakteriyalar, mog‘or paydo bo‘lishiga qulay sharoit yaratiladi. Pishloqni polietilen paketda saqlamang. Maxsus pishloq saqlashga mo‘ljallangan idish yoki qandolat qog‘ozidan foydalanish ayni muddao. Qattiq pishloqni esa yaxshilab yopilgan plastik paketga solib qo‘yganingiz yaxshi. Sariyog‘ni sariyog‘ saqlashga mo‘ljallangan, tvorogni plastik yoki sirli idishga solib qo‘yish kerak. Shu bilan birga tvorogni 2-4 kundan ortiq saqlab bo‘lmasligini, muzlatkichga germetik yopiladigan idishda esa 2 oygacha saqlash mumkin. Plastik qopqoqli yoki folgadan ishlangan klapanli idishdagi pishloq, smetana, tvorog xarid qilgan bo‘lsangiz, ochgandan keyin klapanini olib tashlang. Mog‘or tez rivojlanishi mumkin.
Sut mahsulotlari aynishni boshlasa nima qilish kerak?
Pishloq
Pishloqning ustki qismida mog‘or paydo bo‘layotganiga guvoh bo‘lsangiz, o‘sha qismini kesib tashlab yuboring. Pishloqni tezroq, iloji boricha jarayonda termik ishlov beriladigan taomlarga qo‘shib ishlatib yuboring. Masalan, omlet, zapekanka, pitssa va lazanye pishiring.
Tvorog
Ta’mi nordonlashgan tvorogdan esa sirnik yoki tvorogli zapekanka tayyorlasangiz bo‘ladi.
Sut
Nordon bo‘lib qolgan sutni quymoq yoki oshirma xamir uchun ishlatsangiz bo‘ladi.
Smetana
Mog‘ori olib tashlangan smetanani ham termik ishlov talab qiladigan taomlar, qayla yoki xamir tayyorlash uchun ishlatsangiz bo‘ladi.
Manba