Salomatlik Ayollar uchun Kalit, plastik karta va hoziroq tozalash kerak bo‘lgan 8 ta buyum

Kalit, plastik karta va hoziroq tozalash kerak bo‘lgan 8 ta buyum

O'qildi: 405


Kalit, plastik karta va hoziroq tozalash kerak bo‘lgan 8 ta buyum

Xonadoni hamisha toza va xavfsiz bo‘lishini istaydigan bekajonlar ro‘yxatga yana bir necha buyumlarni kiritishi kerak. Marhamat, ular bilan quyida tanishib chiqish mumkin.

Foto: “ichi.pro”

Supurgi va shvabra

Ushbu tozalash vositalardan foydalangandan keyin har safar tozalash kerak. Bakteriya va parazitlardan xalos bo‘lish uchun shvabrani xlorli eritmaga solish lozim. Supurgini oldin sochlardan va katta miqdordagi chiqindilardan tozalab, sovunli suvda yuvish kifoya.

Vanna gilamchasi

Hammomda eng birinchi paxmoq gilamchalar sochiqlar singari tez ifloslanadi. Ammo ular doim ham tez-tez o‘zgartirilmaydi. Gilamlar o‘zida chang zarralarini to‘plab, infeksiya manbasiga aylanadi. Shuning uchun gilamchalarni muntazam yuvish tavsiya etiladi.

Kalitlar

Kalitlar yuzasida ham juda ko‘p miqdorda bakteriyalar to‘planadi. Shuningdek, bakteriyalarni butun uy bo‘ylab yuqtirish xavfi mavjud. Shu sababli kalitlarni iloji boricha tez-tez dezinfeksiya qilish kerak. Eng oson yo‘li ularni sirka eritmasiga solib qo‘yishdir. Zangni yo‘qotish uchun metallni tuz va limon sharbati aralashmasi bilan artish mumkin.

Avtomobil ruli

Mikroskopda ko‘rib chiqilganda rulning yuzasi qay darajada bo‘lishini tasavvur ham qilib bo‘lmaydi. Shuning uchun hech bo‘lmaganda kuniga bir marotaba rulning ichki va tashqi tomoni hamda qo‘l ko‘proq tegadigan qismini nam salfetkalar bilan artib turishga odatlanish lozim.

Xona o‘simliklari

Gullar ham uydagi boshqa buyumlar singari chang to‘playdi. Har 2-3 kunda silliq barglarni yumshoq cho‘tka yoki mikrofiber mato bilan tozalash kerak.  Naqshlangan yoki paxmoq barglarni eski tish cho‘tkasi bilan tozalash mumkin.

Plastik kartalar

Plastik kartalar yuzlab qo‘llar va to‘lov moslamalari orqali o‘tadi, shuning uchun ularning ifloslanishiga shubha yo‘q. Bakteriyalarni kartadan yo‘qotish uchun sirtni optik tozalovchi mato bilan artish zarur. Shuningdek, uni o‘chirg‘ich bilan ishqalash orqali tozalash ham yaxshi natija beradi.

Idish yuvish mashinasi

Ajablanarli, ammo haqiqat: yuvish uchun mo‘ljallangan qurilma o‘zini tozalay olmaydi. Yog‘ qatlamlari, chang va oziq-ovqat qoldiqlari – bu barcha ifloslantiruvchi moddalar mashina ichida to‘planib, jihozning ishdan chiqishiga yordam beradi. Uning ishlash muddatini uzaytirish uchun har safar ishlatgandan keyin tozalash lozim. Haftada bir marta idish-tovoq mashinasini bo‘sh holda yuqori haroratli sikl bilan ishlatib, tozalash maqsadga muvofiqdir.

Lampa qopqog‘i 

Matodan tayyorlangan lampa qopqog‘i chang yig‘uvchi buyum hisoblanadi.Ularni hech bo‘lmaganda haftada bir marotaba tozalab turish kerak.  Agar qopqoq changdan iborat bo‘lsa, uni changyutkich bilan tozalash mumkin. Bordiyu, dog‘lar paydo bo‘lsa, ularni sovunli iliq suv bilan yuvib, so‘ngra quritish tavsiya etiladi.

Yostiqlar

Choyshablar muntazam ravishda yuviladi hamda tozalandi. Lekin yostiq va qalin yopinchiqlarga sira navbat tegmaydi. Oylab, hattoki yillab yuvilmagan yostiqlar o‘zida chang to‘plashi tabiiy. Ularni faqat issiq suvda yuvish orqali yo'q qilish mumkin. Ruxsat etilgan maksimal darajadagi haroratni mahsulot qadog‘idagi ma’lumotlardan topish mumkin.

Chang yutkich

Shunchaki filtrni almashtirish yoki chang solingan idishni tozalash yetarli bo‘lmasligi mumkin. Har safar changyutkichdan foydalanganda, quvurlarni  iloji bo‘lsa, ularni suv bilan yuvish lozim. Aks holda keyingi safar tozalaganda, to‘planib qolgan bakteriyalar tarqalishi xavfi tug‘ilishi mumkin.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.