Salomatlik Ayollar uchun Vaqti-vaqti bilan almashtirish kerak bo‘lgan uydagi 5 buyum

Vaqti-vaqti bilan almashtirish kerak bo‘lgan uydagi 5 buyum

O'qildi: 367


Vaqti-vaqti bilan almashtirish kerak bo‘lgan uydagi 5 buyum

Uyda har doim ayrim narsalar bir nechtadan bo‘ladi – yangi mayin sochiqlar yoki rang-barang yostiq jildlari har qanday bekaning ko‘nglini ko‘tarishi aniq. Biroq oddiygina tez-tez almashtirilishi kerak bo‘lgan ba’zi narsalar ham mavjud. Ular muddatidan uzoqroq saqlansa, uy bo‘ylab mikroblar, kir va chang tarqalishi xavfi mavjud. Oldindan xavotir olishning keragi yo‘q. Chunki bu muammoni bartaraf etishning imkoni bor. Odatda ularni almashtirish ko‘p kuch va vaqt talab qilmaydi.

Foto: Harper’s Bazaar

Idishlarni yuvishga mo‘ljallangan gubkalar

Albatta, ko‘pchilik buni ilgari eshitgan, lekin yana bir bor eslatib o‘tish o‘rinli bo‘ladi: mikroblar uchun ideal ko‘payish joyi oshxona gubkalari. Idish yuvish mashinasi bo‘lsa ham, gubkalar boshqa maqsadlarda foydalanish uchun oshxonadan joy oladi, ularni haftada kamida bir marta o‘zgartirish tavsiya etiladi. Aks holda, toza idish-tovoq va ovqatlanish stoli yuzalariga mikroblar tarqaladi.

Yostiqlar

Darhaqiqat, inson hayotining uchdan bir qismi uyquda o‘tadi. Ishonish qiyin, lekin ko‘plab tadqiqotlar bu haqiqatning to‘g‘riligini bir necha bor isbotlashga muvaffaq bo‘ldi va bu bilan bahslashish mumkin emas. Yostiqlarni har ikki yilda bir marta almashtirish tavsiya etiladi. Ularda ko‘pincha chang yig‘iladi. Bu undan foydalanadigan insonda turli kasalliklar va ayniqsa, allergiyani keltirib chiqarishi mumkin.

Hammom mochalkasi

Darhaqiqat, yuvinishda foydalaniladigan mochalkalar ham oshxona gubkasi bilan bir xil. Lyufadan tayyorlanadigan bu mochalkalar teri uchun foydali bo‘lib, qon aylanishini yaxshilaydi. Biroq vaqt o‘tishi bilan bu xususiyatlar yo‘qoladi va nam muhitda bakteriyalar issiq va quruq oshxona atmosferasiga qaraganda tezroq ko‘payadi. Ushbu vositani har ikki oyda bir marta almashtirish tavsiya etiladi.

Oziq-ovqat uchun plastik idishlar

Oshxonada ularda don va tayyor ovqatlarni saqlash qulay. Hozirgi vaqtda konteynerlar ko‘pincha mutlaqo xavfsiz va kimyoviy moddalarni o‘z ichiga olmaydi, deb aytishadi. Biroq hammasi ham bunday xususiyatga ega emas. Agar uyda shunday idishlardan bo‘lsa, unda ulardan qutulish vaqti keldi. Keyingi safar, buyum indikatoriga e’tibor berishni unutmang yoki shisha variantlarga ustunlik berish mumkin.

Suv filtri

Agar suv filtri o‘z vaqtida o‘zgartirilmasa, u foydali hisoblanmaydi va o‘zining bevosita vazifasini bajarishni to‘xtatadi. Suvning ta’midagi farq har doim ham sezilmaydi. Odatda, filtrlarni har olti oyda bir marta o‘zgartirish kerak: bu haqda unutmaslik uchun telefonga eslatma qayd etish lozim.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.