Nima uchun har 6 oyda tish tozalash muolajasidan foydalanish kerak? O‘zbekistonlik mutaxassis javob berdi
Mutaxassislarning aytishicha, chekish, qahva ichish va gigiyenaga amal qilmaslik oqibatida tishlarnig rangi o‘zgaradi. Tish ortida qolib ketgan ovqat qoldiqlari esa asta-sekin toshga aylanadi. Bu esa vaqt o‘tib, og‘iz bo‘shlig‘i bilan bog‘liq bir qancha muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Bu kabi muammolarni esa faqat stomatolog yordamida bartaraf qilish mumkin.
Mutaxassis Saidolmxo‘ja Saydaliyev foydali stomatologik muolajalardan biri — tish tozalash protsedurasi haqida batafsil ma’lumot berdi.
Foto: Google ImagesTish tozalash protsedurasi haqida
Tish tozalash protsedurasi bu tishda, emalda yig‘ilib qolgan toshlarni tozalab, uning gigiyenik holatini yaxshilash uchun qilinadi.Avvallari mexanik usulda, ya’ni qo‘lda tish tozalab chiqilardi.
Hozirgi kunda esa tishni yuvadigan maxsus uskunalar bor. U xuddi mashina yuvadigan karcherga o‘xshaydi. Uskunaga oqartiruvchi kukun solinadi va bosim bilan tish tozalanadi. Eng ijobiy tarafi tozalashdan so‘ng tish nafaqat toza bo‘ladi va balki oqaradi ham.
Foto: Google ImagesProtsedura necha yoshdan tavsiya etiladi?
Odatda tishning old tomoni yuviladi, xolos. Ammo tishning orqa qismi tozalanmay qolib ketadi. U yerda esa toshlar, ovqat qoldiqlari yig‘ilib qoladi. Agar tish ulardan tozalanmasa, milk cho‘kib boraveradi. Qolaversa, o‘sha joyda asta-sekin kariyes paydo bo‘ladi.Shuning uchun protseduradan foydalanishning erta-kechi yo‘q. Agar bola 17—18 yoshida ham tishi tozalaydigan holatda bo‘lsa, bemalol qilaverishi mumkin.
Ba’zilar kelib “Bu yoshi kattalar uchun emas ekan, tishlarimni tozalatgandim, milklarim ochilib qoldi”, deydi.
Bilasizmi, buni sababi nimada?Masalan, ayol 50 yoshda bo‘lsa, unda yillar davomida toshlar kattalashib, milkni cho‘ktirib qo‘ygan. Ularni olganingizdan keyin tabiiyki orasi ochilib qoladi.
Albatta, shundan keyin mijoz bu protsedurani yomon deb o‘ylaydi. Ammo u xizmatdan 15 yil oldin foydalanganida edi, bunday holatga tushmasdi.
Foto: Google ImagesShunday bo‘lsa-da, xavotirga o‘rin yo‘q. Milk bir kunda bir millimetr o‘sadi. “Chistka”dan so‘ng, milklar bir hafta, uzog‘i 14 kun ichida o‘z holatini tiklab oladi.
Ayolning holatiga tushmaslik uchun har olti oyda yoki hech bo‘lmaganda yilda bir marta, albatta, tishlarni tozalatib yurish kerak.
Ba’zi shifokorlar tozalashdan keyin tish sezuvchanligini kamaytirish uchun ftor lak suradi. Men esa bunday qilmayman. Sababi ftor o‘ziga rang tortadi.
Shuning uchun protseduradan so‘ng bir hafta davomida kuniga kamida besh mahal loroben, tuzli, yoki moychechakli suvda og‘izni chayib turishni tavsiya qilaman. Yana bir muhim qoida: tish tozalanganidan so‘ng, mijoz nechchi marta ovqatlansa, shuncha mahal tishni yuvishi shart.
Foto: Google ImagesTish tozalash protsedurasining narxlari haqida
Aksariyat stomatologlar tishning holatiga, ya’ni tosh oz-ko‘pligiga qarab protseduraning narxini belgilaydi. To‘g‘ri, toshi ko‘proq bo‘lsa uzoq vaqt olishi mumkin, lekin qilinish metodi bir xil.Tish donasini tozalash 10 ming so‘mdan boshlanadi. Tishning oldi va orqa qismi ham tozalansa, donasi 20 ming so‘mdan bo‘ladi.
Manba