Manikyur uzoq saqlanishiga yordam beradigan 5 ta layfxak
Yoz meva-sabzavotlarning pishib yetilishi uchun juda ham soz fasl ekani rost. Hosil yig‘ish, bog‘ni tartibga keltirish yaxshi, albatta. Lekin bu vaqtda qo‘l va tirnoqlarga shikast yetmasligi uchun ehtiyotkor bo‘lish, zaruriy choralarni ko‘rishni esdan chiqarmaslik kerak.
Foto: Getty ImagesTirnoqlar uchun sovun
Bu tirnoqlarning go‘zalligini saqlash uchun ish beradigan eng oddiy usullardan biri hisoblanadi. Bog‘dagi o‘tlarni yulish va o‘simliklar bilan ishlashdan avval oddiy sovunni tirnoqlaringizga surting. Sovun borligi hisobiga tirnoqlarning ichi kir bo‘lmaydi. Loy kirgan taqdirda ham yuvib tashlashning o‘zi bilan masalaga yechim topsa bo‘ladi. Ushbu tavsiyani oyoq tirnoqlari bilan ham amalga oshirsa bo‘ladi.
Qo‘llar uchun qo‘lqop
Chang va kirlardan himoya qilib terini qoplaydigan vositalar narxi hamisha ham cho‘ntakbop bo‘lavermaydi. Ammo oddiy suyuq sovundan ushbu maqsadda foydalansa bo‘ladi. Uni qo‘lga yaxshilab surtib, qurishini kutishning o‘zi kifoya. Natijadan ko‘nglingiz to‘lishi aniq. Ushbu tavsiya quruq ishlarni amalga oshirishga mo‘ljallangan. Suvdan foydalanadigan bo‘lsangiz, yuvilib ketishi mumkinligini yodda tuting.
Oq qalam
Oq qalam tirnoqlarni oqartirishga yordam berishi mumkin. Qo‘llarni yuvib, ichidagi kirlarni tozalagandan keyin plastinaning ichi va ustidan oq qalam surting. Tirnoqlar chetining oqargani ko‘zingizni quvnatadi.
Qo‘llar uchun vanna
Jazirama kunlarda qo‘llarga krem surtishning o‘zi bilan cheklanib bo‘lmaydi. Shuni inobatga olgan holda har kuni uyqudan avval qo‘llaringiz uchun dengiz tuzi va efir yog‘i solingan maxsus vannadan foydalaning. Tuz tirnoqlarni mustahkamlaydi, yog‘ esa terining qoraygan qismini oqartirishga yordam beradi. Qo‘llarni ivitib bo‘lgandan keyin tirnoqlar va atrofidagi terini tartibga keltirishni ham unutmang.
Qizil qorag‘at
Ushbu meva teridagi sarg‘ish va ko‘kimtir sifat dog‘larni ketkazishga yordam beradi. Kaftingiz biron ish bajargandan keyin ko‘karib qolgan bo‘lsa, bir hovuch mevani qo‘lingiz orasiga qo‘yib yaxshilab ishqalang. Keyin esa sovuq suvda yuvib tashlang. Teringiz bir zumda oqaradi.
Manba