Salomatlik Ayollar uchun Uyda eng ko‘p bakteriya to‘planadigan 7 ta buyum

Uyda eng ko‘p bakteriya to‘planadigan 7 ta buyum

O'qildi: 385


Uyda eng ko‘p bakteriya to‘planadigan 7 ta buyum

Albatta, bu faqatgina hojatxona va pol emas. Har bir xonadonda bakteriyalar faol ravishda ko‘payadigan juda ko‘p uy jihozlari mavjud. Ularni imkon qadar tezroq tozalab turish lozim.

Foto: “Domashniy ochag”

Oshxona taxtasi

Ushbu buyum hamisha toza turishi kerak. Taxtani gubka bilan yuvish kifoya, keyin yaxshilab qaynoq suv bilan chayib tashlanadi. Idish yuvish mashinasidan foydalanganda ham, uni yuvish yoddan chiqmasligi kerak. Bundan tashqari, go‘sht uchun alohida taxtadan foydalanish tavsiya etiladi.

Oshxona sochiqlari

Odatda oshxonada qo‘llarni, idishlarni quritish uchun bitta sochiqdan foydalaniladi. Natijada bakteriyalar matodan plastinka yoki yuvilgan meva va sabzavotlarga tushishi mumkin. Bundan tashqari, namlik mikroblar uchun qulay muhit bo‘lib, ho‘l sochiqlar turli mikroorganizmlarni o‘zida to‘playdi. Bularning barchasi zaharlanishga olib keladi. Xavfni minimallashtirishda qo‘l, idishlar va ish uchun turli xil sochiqlardan foydalanish lozim. Idish uchun mo‘ljallangan sochiqlarni har kuni o‘zgartirish kerak, chunki ular zararli bakteriyalar to‘planadigan birinchi joy. Barcha oshxona sochiqlarini ruxsat etilgan eng yuqori haroratda yuvish va keyin ularni dazmollash tavsiya etiladi.

Eshik tutqichlari

Oila a’zolarining har biri kuniga o‘n martalab ularga tegadi, bakteriyalar ko‘payadi va butun uy bo‘ylab tarqaladi. Tutqichdagi bakteriyalar ko‘z yoki og‘iz orqali osongina ichkariga kiradi. Har hafta eshik tutqichlari muntazam ravishda tozalanib turishi kerak. Agar kimdir uyda kasal bo‘lsa, bu jarayon tez-tez amalga oshirilishi lozim, buning uchun maxsus eritmadan foydalanish mumkin.

Hammom jo‘mragi

Suvni ochish uchun ularga tegib, keyin ular toza qo‘llar bilan yopiladi. Jo‘mraklarni sovunli gubka bilan haftasiga bir marta yaxshilab yuvish tavsiya etiladi. Agar uyda kimdir kasal bo‘lsa, buni tez-tez amalga oshirish kerak.

Televizor va konditsioner pulti

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, eng ko‘p bakteriyalar masofadan boshqarish pultidan topilgan. Albatta, uyda faqatgina oila a’zolari masofadan boshqarish pultini ishlatadi, ammo shunga qaramay, unda zararli mikroorganizmlar ham yashashi mumkin. Agar uyda hamma sog‘lom bo‘lsa, pultni haftada bir marta nam salfetkalar bilan artib olish kerak. Oilada shamollaganlar bo‘lsa, uni har kuni tozalash lozim.

Chiroq yoqgichlar

Chiroq yoqgichlarga eshik tutqichlari kabi tez-tez tegiladi. Ularni haftada bir marta iliq sovunli suv bilan tozalash lozim. Ayniqsa, uyda bemorlar bo‘lganda ularni tez-tez tozalab turish kerak.

Uy telefoni

Telefondan foydalanganda uning yuzasidagi bakteriyalar, ayniqsa, telefon tugmalarida yanada tezroq ko‘payadi. Telefonni kamida haftasiga bir marta nam salfetkalar bilan artish tavsiya etiladi.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.