Sochiqlarni qanday yumshoq va paxmoq qilib yuvish mumkin?
Vaqt o‘tishi bilan barcha sochiqlar avvalgi yumshoqligini yo‘qotadi. “Bel Novosti” nashri qanday qilib ularni yana yumshoq va paxmoq qilish mumkinligini ma’um qildi.
Foto: “Bel Novosti”Sochiqni qanday yuvish kerak?
Sochiqlarni yuvish uchun faqat suyuq yuvish vositalaridan foydalanishingiz kerak, kukun bilan sochiq matosi dag‘allashadi. Bundan tashqari, silikonli konditsionerdan foydalanish tavsiya etiladi.
Agar paxmoq sochiqlarni oddiy kukun bilan yuvgan bo‘lsangiz, ularni konditsioner bilan bir necha marta, yaxshisi uch yoki to‘rt marta chayish lozim.
Qolaversa, yumshoq sochiqlarni qaynatib bo‘lmaydi, ular kirmashina barabanining yuqori tezligida yoki suvni tejash rejimida yuviladi. Shuningdek, sochiqni toza havoda quritish tavsiya etiladi.
Agar sochiqlar allaqachon juda eskirib, dag‘allashib ketgan bo‘lsa, ularni tuzli suvda yuvish mumkin. Ayniqsa, kir mashinada sochiq bilan birga kichkina to‘p, masalan, tennis to‘pini qo‘yish orqali ham matoni yumshoq va paxmoq qilish mumkin.
Manba