Salomatlik Ayollar uchun Omon qolish san’ati: xavfli vaziyatlardan qutulishga yordam beradigan layfxaklar

Omon qolish san’ati: xavfli vaziyatlardan qutulishga yordam beradigan layfxaklar

O'qildi: 290


Omon qolish san’ati: xavfli vaziyatlardan qutulishga yordam beradigan layfxaklar

Umid qilamizki, bu maslahatlar har kim uchun foydali. Ammo yana o‘qish va eslash zarar qilmaydi.

Foto: “Domashniy ochag”

Tovadagi yog‘ yonganida

Hech qachon olovni suv bilan o‘chirmang, aks holda ushbu yong‘in portlashga olib keladi va oqibatda paydo bo‘ladigan muammolardan qochib bo‘lmaydi. Bunday vaziyatda eng to‘g‘ri yo‘l — idishlarni qopqoq bilan yopish. Kislorod bo‘lmasa, olov juda tez o‘chadi.

Mashina suvga cho‘kkanida

Eshikni ochish uchun vaqt va kuch sarflash tavsiya etilmaydi. Sababi  suv bosimini yengib bo‘lmaydi. Buning o‘rniga, xavfsizlik kamarini iloji boricha tezroq yechib, oynani pastga tushirish zarur. O‘pkaga iloji boricha ko‘proq havo tortib, undan chiqishga harakat qilish kerak.

Zinadan tushayotganda

Zinadan yiqilish — kamdan-kam uchraydigan holat. Sirtdan yiqilish yoki muvozanatni yo‘qotish mumkin. Zinadan tushayotganda, yiqilmaslik uchun qo‘llar cho‘ntakka solinmaydi. Aytgancha, buni farzandlarga ham o‘rgatish foydadan xoli emas.

Bo‘ronda qolganda

Mashina boshqaruvida bo‘ronga tushib qolish, albatta, bu yoqimsiz vaziyat. Omon qolish imkoniyatini yaxshilash uchun favqulodda xizmatlarning tavsiyalariga quloq solish zarur. Avtomobil dvigatelini har soatda ishga tushirish va ichki qismini 10 daqiqa qizdirish tavsiya etiladi. Qutqaruvchilar topishi osonlashishi uchun ichki yoritishdan foydalaniladi. Ammo faralar yoqilmaydi, aks holda batareya tezda zaryadsizlanadi.

Burundan qon ketganda

Burundan qattiq qon ketganda, oddiy tamponlar yordam berishi mumkin. Ular namlikni yaxshi qabul qiladi va keng hajmli qonni to‘xtatish uchun yetarlicha bo‘ladi. Tez yordam kelguncha ularni burun teshigida saqlang. Va hech qanday holatda boshingizni ko‘tarilmasligingiz kerak. Inson tanasi qonni hazm qilishga moslashmagan va ehtimol, oshqozon uni rad qila boshlaydi.

Uyga o‘g‘ri kirganda

Uyga o‘g‘ri tushgan vaqtda jinoyatchidan yashirina olishning imkoni bo‘lmasa, oshxona tomonga yugurishga harakat qilish kerak. U yerda bir qancha afzalliklar — teshuvchi va kesuvchi narsalar mavjud, bu orqali o‘zni himoyalash mumkin.

Nega qor yeyish mumkin emas?

Qor yeyish orqali suvsizlanishdan qutulishga urinmaslik lozim. Uni eritish uchun tana haddan tashqari ko‘p energiya sarflaydi, bu esa gipotermiya xavfini oshiradi. Qor esa yanada suvsizlantirishga yordam beradi, lekin uni avval olovda eritish kerak.

Qo‘llar bog‘langanda

Agar jinoyatchi yopishqoq lentadan ishlatgan bo‘lsa, undan qutulish mumkin. Buning uchun lentani tishlamaslik kerak. Aksincha, lentani turli yo‘nalishlarda yoyishga harakat qilib, qo‘llaringni boshdan yuqoriga ko‘tarib, keskin pastga tushirish lozim.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.