Yozdagi eng yaxshi layfxaklar: chivin chaqqanidan keyin qichishishni qanday qilib to‘xtatsa bo‘ladi?
Yozda chivinlardan yashirinib bo‘lmaydi. Ushbu hasharotlarning chaqishi natijasida terida bir necha kun davomida qichiydigan kichik shishlar paydo bo‘ladi. Agar uyingizda qichishish bilan kurashishga yordam beradigan krem bo‘lmasa, oshxonangizga qarang. Muammoni hal qiladigan mahsulotlar bo‘lishi aniq. Grazia nashri chivin chaqqanidan keyin qichishishni uy sharoitida to‘xtatishning bir nechta layfxaklarini taqdim etdi.
Foto: GraziaYorma
Yorma yallig‘lanishga qarshi xususiyatlarga ega. U qichishishdan xalos bo‘lishga va shishni yengillashtirishga yordam beradi. Bir xil miqdordagi yorma va suvni aralashtiring, so‘ngra aralashmani kichkina mato bo‘lagiga soling. Matoni chivin chaqqan joyga uchun 10 daqiqa qo‘ying. Keyin esa aynan shu joyni iliq suvda yuving. Agar sizni ko‘p chivin chaqqan bo‘lsa yorma vannasini qabul qiling. Buning uchun siz iliq suvga bir stakan yorma qo‘shsangiz kifoya.
Foto: Legion-MediaMuz
Muz yallig‘lanishni kamaytiradi va sizni noqulaylikdan vaqtincha xalos qiladi. Teriga zarar bermasligi uchun avval muz kubini matoga o‘rang, keyin qichiyotgan joyga uni bir necha daqiqa davomida qo‘yib turing.
Asal
Ushbu mahsulot antibakterial va yallig‘lanishga qarshi xususiyatlarga ega. Qichishgan teri ustiga bir tomchi asal qo‘yish davolash jarayonini tezlashtirishga yordam beradi va muammoni joyida bartaraf etadi. Teringiz ifloslansa ham qichishish bir zumda to‘xtaydi.
Foto: Legion-MediaIste’mol sodasi
Bir osh qoshiq iste’mol sodasini suv bilan aralashtiring, suyuqlik qattiqroq holatga kelgunga qadar unga soda qo‘shib aralashtiring. Uni chivin chaqqan, qichiyotgan joyga qo‘ying va 10 daqiqadan so‘ng yuvib tashlang. Bu qichishishni yengillashtiradi.
Moychechak choyi
Moychechak yallig‘lanishni kamaytiradi, davolash jarayonini tezlashtiradi va teridagi qichishishni kamaytiradi. Bir xaltacha moychechakni bir stakan suvga soling, so‘ng suyuqlikni muzlatgichda sovutib oling. Xaltachadagi suvni siqib tashlang va chivin chaqqan joyga 10 daqiqa davomida qo‘yib turing.
Foto: Legion-MediaMavzuga doir:
- Qon guruhidan kiyim va atirgacha: Chivin aynan sizni chaqishiga sabab bo‘ladigan holatlar
- Chivin chaqishidan himoya qilishga qodir kiyim yaratildi
Manba