Salomatlik Ayollar uchun Sog‘lom qarish uchun 5 tavsiya: salomatlikni saqlash uchun 30 yoshgacha nima qilish kerak?

Sog‘lom qarish uchun 5 tavsiya: salomatlikni saqlash uchun 30 yoshgacha nima qilish kerak?

O'qildi: 246


Sog‘lom qarish uchun 5 tavsiya: salomatlikni saqlash uchun 30 yoshgacha nima qilish kerak?

Yosh o‘tganidan keyin salomatlikda muammolar kuzatilmasligi uchun nimalarga e’tibor berish kerakligi haqida yurak-qon tomir kasalliklari bo‘yicha jarroh Segey Volkovning tavsiyalarini e’tiboringizga havola qilamiz.

Foto: Freepik

Muntazam ravishda shifokor ko‘rigidan o‘tish

Yoshlar shifokorga kamdan kam hollarda, masalan, shamollash mavsumi boshlangandagina murojaat qilishni afzal biladi. Ammo salomatlikni uzoq vaqt saqlash uchun yilda bir marta kompleks profilaktik ko‘rikdan o‘tish kerak. Oilaviy shifokor sizga qanday tekshiruvlardan o‘tish kerakligi haqida ma’lumot berib o‘tadi.

Sport bilan shug‘ullanish

Kam harakatlilik — XXI asrning asosiy muammolaridan biri. Ofisda ishlash, avtomobildan foydalanish va liftda yuqoriga ko‘tarilish — bularning hech biri jismoniy faollikning o‘rnini bosa olmaydi. Kun bo‘yi kompyuter ekraniga tikilib o‘tirish va kechasi uyga qaytganda charchoqni chiqarish uchun yotish organizmga yoqmasligi aniq.

Shu sabab ham imkoni topildi deguncha faol bo‘lishga harakat qilish, masalan, sayrga chiqish mumkin. Buning uchun 10 ming qadam yurishingiz shart emas. 2019-yilda e’lon qilingan tadqiqotda hatto 4500 qadam yurish ham asosiy kasalliklar sabab kuzatilishi mumkin bo‘lgan o‘lim xavfini 41 foizga kamaytirishi aniqlangan. Har keyingi 1000 qadam esa yana 15 bunga 15 foiz qo‘shadi. 7500 qadamdan keyin hech qanday qo‘shimcha bonus aniqlanmagan: 8000 va 9000 qadam 7500 qadamdagi natijadan farq qilmagan.

Sayr qilishdan tashqari, xohishingizga qarab qo‘shimcha jismoniy faollikni ham tanlang. Yugurish, tennis o‘ynash, suzish, raqs tushish bilan shug‘ullaning. Sezilarli natija uchun hafta davomida 2,5-5 soat vaqt ajratish kerak bo‘ladi. Bunday mashqlar yurak-qon tomirlarni mustahkamlaydi — ushbu tizimda muammo bo‘lmasa, qolgan a’zo va tizimlarda ham hammasi yaxshi bo‘ladi.

Ovqatlanishingizga e’tiborli bo‘ling

Salomatlik haqida gap ketganda, ovqatlanish ham muhim rol o‘ynashini yoddan chiqarmaslik kerak. Semirish endokrin va yurak-qon tomir tizimiga salbiy ta’sir qiladi, ateroskleroz va yurakning ishemik kasalliklari xavfini orttiradi. Bunga vaqt topa olmasdan buyurtma berib yog‘li ovqat va do‘kondagi yarimtayyor mahsulotlarning kaloriyaga boy ekani sabab bo‘ladi. Shakar, tuz va transyog‘larning haddan ortig‘i organizmga yoqmasligi aniq. Shu bois ham fastfud va boshqa zararli taomlardan tiyiling, ratsioningizda tuz 1 choy qoshiqdan ko‘p bo‘lmasin. Taomnomangizda sabzavot, qon tomirlarga ijobiy ta’sir qilib, ateroskleroz rivojlanishining oldini oladigan omega-3 yog‘ kislotasiga boy baliq mahsulotlari bo‘lishiga e’tibor qarating.

Hordiq chiqarishni ham unutmang

Kun davomida ish, o‘qish va oilaviy muammolar bilan band bo‘lish nafaqat jismoniy, balki ruhiy salomatlik va immunitetga ham ta’sir qiladigan surunkali stressga sabab bo‘lishi mumkin. Turli salbiy oqibatlarning oldini olish va asabiylashmaslik uchun vaqtingizni tabiat qo‘ynida o‘tkazishga harakat qiling, meditatsiya bilan shug‘ullaning, qolaversa, tiniqib uxlashni kanda qilmang. Uyquning biroz yetishmasligi ham depressiya, ikkinchi turdagi qandli diabet va yurakning ishemik kasalliklari xavfining ortishiga sabab bo‘lishi mumkinligini yoddan chiqarmang.

Zararli odatlardan voz kechish

Zarar keltiradigan har qanday odatga o‘z vaqtida nuqta qo‘yish kerak. Birgina sigaret tufayli qon tomirlarda 1 soat davomida spazm kuzatilishi, spirtli ichimliklarni haddan ortiq iste’mol qilish esa aritmiya va insultning paydo bo‘lish xavfini ortishiga olib kelishi mumkin.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.