Yuvgandan keyin kichrayib qolgan sviterni qanday qilib o‘z holiga qaytarish mumkin?
O'qildi: 195

Kir yuvish mashinasida noto‘g‘ri yuvilgani hisobiga sviter kichrayib qolishi mumkin. Aksariyat ayol va qizlar bunday vaqtda nima qilishni bilmay qoladi.
Foto: FreepikBuning sababi nimada?
- suv haroratining to‘g‘ri kelmasligi;
- haroratning keskin o‘zgarishi;
- quritish jarayonida uzoq vaqt davomida aylanishi.
Sviter qurimasidan avvalroq ishga kirishish kerak.
- Rakovinaga issiq suv va bolalar shampunini yoki soch konditsionerini quying. Shuningdek, jun matosini yuvish uchun mo‘ljallangan yumshoq vositadan ham foydalansa bo‘ladi.
- Sviterni 10 daqiqaga ivitib qo‘ying.
- Qattiq siqmasdan, ishqalamasdan, toza suvda chaying.
- Ehtiyotkorlik bilan sviter suvini oqizing.
- Ikkita katta sochiq oling. Bittasini katta qilib ochib, ustiga sviterni, uning ustidan esa ikkinchi sochiqni qo‘ying.
- Orasida sviter bo‘lgan sochiqlarni rulon shaklida o‘rang.
Manba
Obuna bo'ling
Yangi ma'lumotlardan xabardor bo'lib boring
Yangi ma'lumotlardan xabardor bo'lib boring
Izoh qoldirish
Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.