Oddiy va zararsiz: sochlarni dazmollamasdan tekislashning 5 usuli
Odatda sochni tekislash uchun maxsus dazmoldan foydalaniladi. Dazmol sochni tekislashi shubhasiz, ammo uning bir qancha zararli tomonlari ham bor. Masalan, issiq haroratda ishlaydigan dazmol sochni kuydiradi, tolalarni sindiradi va natijada soch to‘kilishi ortadi. Quyida dazmolsiz ham soch tekislash usullarini bilib oling.
Foto: “Domashniy ochag”Konditsioner
Albatta, balzam sochlaringizni mukammal tekis qila olmaydi, lekin jingalaklarni ma’lum darajada yo‘q qiladi. Buning uchun mahsulotni odatdagidan uzoqroq yoki niqob sifatida ushlab turish kerak. Eng muhimi, konditsionerni soch ildiziga surtish mumkin emas.
Soch uchun yog‘lar
Soch parvarishida kokos, bodom yoki argan yog‘laridan foydalanish mumkin. Ular sochlarni zichroq va og‘irroq qiladi, bu esa tekislash effektini beradi. Shu bilan birga, sochlar rangi yanada go‘zallashadi.
Fen
Dazmolsiz ham mukammal tekis sochlarni xohlovchilar sochni fenning sovuq havosi bilan quritishi lozim. Buning uchun fen yordamida sochlarni tarash kerak. Bir oz nam sochlarni tarab, fenni taroq bilan birga harakatlantirish kifoya. Havo oqimi ildizlardan to sochning oxirigacha yetib borishi kerak. Natija dazmolnikidan qolishmaydi.
Toga
Toga yoki salla – Lotin Amerikasida sochlarni fensiz va dazmolsiz tekislash usuli. Sochlar tabiiy ravishda yuviladi va quritiladi, qismlarga ajratib, bosh aylanasi bo‘ylab o‘raladi. Sochni ro‘mol yoki sochiq bilan o‘rab, uxlashga yotiladi. Erta tongda esa mukammal silliq sochlarni ko‘rish mumkin.
Soch tasmalari
Bu usul avvalgisiga qaraganda ancha tez va samarasi ham undan kam emas. Yotishdan oldin sochlarni ikkiga ajratib, boshning pastki qismiga yig‘iladi. So‘ngra sochning uchigacha 3 santimetr oraliqda elastik tasmalar taqiladi. Ertalab elastik tasmalarni ehtiyotkorlik bilan olib tashlash va yaxshilab tarash kifoya.
Manba