Ziravorlardan batareyalargacha: yaroqlilik muddati mavjud bo‘lgan uy-ro‘zg‘or buyumlari
Uy-ro‘zg‘or buyumlari yangidek ko‘rinsa ham yaroqlilik muddatiga ega.
Foto: “Liza”Quyoshdan himoyalovchi krem
Odatda ayollarda ikki yil avvalgi kremlar ham saqlanib turadi. Lekin kremning himoya funksiyalari 24 oy davomida amal qiladi, hatto qadoqlashda boshqacha ko‘rsatmalar bo‘lsa ham. Bundan tashqari, kremni rasmiy yaroqlilik muddati tugaganidan keyin ishlatmaslik kerak.
Kartoshka
Kartoshka quyosh nuri ta’sirida yashil rangga aylanadi va diareya, qayt qilish va boshqa alomatlarni keltirib chiqaradigan zaharli solanin ishlab chiqaradi. Shuning uchun eskirgan kartoshkani taomga qo‘shmaslik tavsiya etiladi.
Batareyalar
Batareyalarning yaroqlilik muddati foydalanish boshlanishidan emas, balki ishlab chiqarilgan kundan boshlab o‘lchanadi. Odatda bu qadoqda ko‘rsatiladi, lekin hech kim bunga e’tibor bermaydi. Shuningdek, ishlatilgan batareyalarni chiqindiga tashlamaslik kerak, bu atrof-muhit uchun zararli. Batareyalar uchun maxsus yo‘q qilish punktlari mavjud.
Vodorod perekis
Vodorod perekis – kundalik hayotda keng qo‘llaniladigan universal vosita. Qadoq ochilgandan so‘ng u ikki oy davomida o‘z xususiyatlarini saqlab qoladi. Muddati o‘tgach o‘z ta’sirini yo‘qotadi.
Ziravorlar
Ushbu toifadagi mahsulotlarning o‘z yaroqlilik muddati bor. Ziravorlarni 2-3 yildan ortiq ishlatmaslik kerak, uzoq vaqt saqlash bilan ular hid va ta’m xususiyatlarini yo‘qotadi.
Uzaytirgich
Bunday mahsulotlarga yaroqlilik muddatini yozilmaydi. Faqat kafolati bo‘ladi. Qurilma o‘zidan o‘tishi mumkin bo‘lgan ma’lum miqdordagi joul uchun mo‘ljallangan. Uyda buni aniqlash mumkin emas, lekin agar uzatma kabeli qora rangga aylanib, juda qizib keta boshlasa, u bilan xayrlashish vaqti kelgan.
Idish yuvish gupkalari
Nam ko‘pikli shimgichlar xavfli mikroorganizmlar uchun yashash joyidir. Ularni iloji boricha tez-tez almashtirish kerak – taxminan ikki haftada bir marta.
Krossovka
Yugurish uchun mo‘ljallangan sport poyabzali har 500 kilometrda o‘z tayanchini yo‘qotadi. Poyabzal ichidagi zarbani yutuvchi qatlam zarar ko‘radi va umurtqa pog‘onasi hamda bo‘g‘imlari zo‘riqadi.
Hasharotga qarshi vositalar
Hasharotlarga qarshi vositalar ham ishlab chiqarilgan kundan boshlab 2 yil saqlash muddatiga ega. Har safar vosita xarid qilinganda, qadoqni tekshirish kerak.
Uy shippagi
Shippak dush paytida yoki undan keyin darhol kiyilsa, qo‘ziqorin infeksiyalari osongina ko‘payadi. Uy poyabzallarini haftada bir marta dezinfeksiya qilish va har olti oyda bir marta almashtirish kerak.
Taroqlar
Ishlatilgandan so‘ng taroqda teri zarralari va yog‘ bezlari tomonidan ishlab chiqarilgan yog‘ qoladi. Bundan tashqari, ochiq holda saqlanganda, chang yuzaga yopishadi. Shuning uchun soch uchun aksessuarni haftada kamida bir marta yuvish va yiliga bir marta o‘zgartirish kerak.
Manba