Salomatlik Salomatlik Nima uchun ko‘kargan kartoshkani iste’mol qilish mumkin emas?

Nima uchun ko‘kargan kartoshkani iste’mol qilish mumkin emas?

O'qildi: 338


Nima uchun ko‘kargan kartoshkani iste’mol qilish mumkin emas?

Odatda noto‘g‘ri saqlangan yoki uzoq muddat turgan kartoshka ko‘karib qoladi. Uni tashlab yuborish kerakmi?Yoki ko‘kargan joylarini kesib, odatdagidek pishirish mumkinmi? “Noviy ochag” nashri ko‘kargan kartoshkalar iste’mol uchun yaroqlimi yoki yo‘qligini ma’lum qildi.

Foto: “Noviy ochag”

Nima uchun kartoshka ko‘karadi?

Kartoshka yerda pishib yetiladi. U qorong‘ida o‘z rangini saqlab qoladi. Ammo kartoshka qazilib, yorug‘likka qo‘yilganda, sabzavotga tushgan quyosh nurlari unda fotosintez jarayonini keltirib chiqaradi, buning natijasida sirt yashil rangga aylanadi.

Ammo organizm uchun fotosintez emas, balki ildizlarda parallel ravishda hosil bo‘ladigan zahar — solanin xavflidir. Bundan tashqari, solani va dunyodagi barcha o‘simliklarda hosil bo‘lgan xlorofill kartoshkani ko‘krtiradi. Quyosh nurlari ta’sirida solanin va xlorofill sintezi parallel ravishda bo‘lishiga qaramay, ko‘kargan kartoshkada xavfli zahar odatdagidan ko‘proq ekani isbotlangan.

Solanin nima uchun xavfli?

Bilish kerak bo‘lgan eng muhim narsa — ko‘p miqdorda solaninni o‘z ichiga olgan ko‘kargan kartoshka odamlar uchun xavflidir. Shuningdek, hayvonlar uchun ham. Iste’mol qilinganda, solanin markaziy asab tizimini susaytiradi, qondagi eritrotsitlarni yo‘q qiladi, shuningdek, buyraklar va ovqat hazm qilish traktining ishida buzilishlarni keltirib chiqarishi mumkin.

Zaharlanish belgilari: og‘izda achchiq ta’m, ko‘ngil aynishi, qayt qilish, ich ketishi, qorin og‘rig‘i. Yurak faoliyati va qon bosimi keskin pasayishi mumkin — bu og‘ir zaharlanishni ko‘rsatadi. Bunday holda darhol tez yordam chaqirish kerak.

Ko‘kargan kartoshkani nima qilish mumkin?

Agar kartoshka butunlay ko‘kargan bo‘lsa, undan foydalanmagan ma’qul. Hattoki endigina ko‘karishni boshlagan sabzavot ham xavfli. Ulardan ham foydalanish tavsiya etilmaydi. Sababi salomatlikka g‘amxo‘rlik qilish bundan ham muhimroq.

Agar kartoshkada kichik ko‘kargan joy bo‘lsa, nima qilish kerak?Ko‘pchilik bunday joylarni kesib, keyin kartoshkani qaynatib yoki qovuradi. Aslida, bilish juda muhim: ko‘kargan joy kichkina bo‘lsa ham, demak, solanin nafaqat unda, balki umuman kartoshkaning butun tashqi qatlamida mavjud bo‘ladi. Shuning uchun, bunday holda, nafaqat ko‘kargan qismini kesib tashlash, balki butun sabzavotni juda qalin tozalash kerak. Yoki umuman foydalanmagan yaxshi.

Muammo shundaki, kartoshkani pishirish zaharni yo‘q qilishga kafolat bermaydi. Masalan, pishirish paytida solanin deyarli yo‘q qilinmaydi, u faqat taomga o‘tadi. Shuning uchun kartoshkaning ko‘kargan joyini kesib tayyorlangan taom iste’mol qilishga yaroqli emas. 170 darajadan past haroratda qovurilganda, solanin ham yo‘q qilinmaydi.

Ko‘kargan kartoshka qachon foydali bo‘lishi mumkin?

Bunday ko‘kargan kartoshkadan ekish uchun foydalansa bo‘ladi. Bunday sabzavotlar mukammal tarzda o‘sadi. Chunki har qanday hasharot va boshqa zararkunandalar bunday kartoshkani iste’mol qilishdan bosh tortadi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.